Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:53

Mulozimlarni suvga tushirib tahqirlagan sobiq bosh vazir muovini Qashqadaryoga hokim bo‘ldi


Zoyir Mirzayev bosh vazir muovini lavozimida ishlab turgan paytida Oqqo‘rg‘on tumanida 6 kishini ariqdagi suvga tushirib, tahqirlagan edi.
Zoyir Mirzayev bosh vazir muovini lavozimida ishlab turgan paytida Oqqo‘rg‘on tumanida 6 kishini ariqdagi suvga tushirib, tahqirlagan edi.

Prezident Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevni ishdan olish topshirig‘idan qaryib 3 oy o‘tib, 26 oktabr kuni Ro‘ziyev ishdan olindi.

Uning o‘rniga mulozimlarni suvga tushirib tahqirlagan sobiq bosh vazir muovini Zoyir Mirzayev tayinlandi.

Dumbul bilan tanilgan Mirishkor hokimi Ravshan Komilov ham ishdan olindi. Shuningdek, Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilov, Chiroqchi tumani hokimi Rustam Jo‘raqobilov​ ham vazifasidan bo‘shatildi.

Shu kuni viloyat huquq-tartibot tizimining uch asosiy mulozimi: viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i va viloyat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olindi.

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Erkaboy TojiyevQashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi.

Eski hokim

26 oktabr kuni Qashqadaryoda o‘tgan hukumat rahbarlari ishtirokidagi maxsus yig‘ilishda olti yildan beri Qashqadaryo viloyatiga hokimlik qilib kelgan Zafar Ro‘ziyev ishdan olindi.

Bu xabarni Qashqadaryo viloyat hokimligining matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi uchun shaxsi sir qolishini so‘ragan mulozimi Ozodlikka tasdiqladi.

Yig‘ilishda Prezident administratsiyasi raisi Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov qatnashgan.

Zafar Ro‘ziyev 2013 yilning 27 sentabr kuni marhum prezident Islom Karimov tomonidan Qashqadaryoga hokim etib tayinlangan edi.

Ro‘ziyev dastlab joriy yilning 2 avgust kuni prezident Mirziyoyev tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Mirziyoyev "xiyonatchi" deb atagan uch hokim. Chapdan birinchi Zafar Ro‘ziyev.
Mirziyoyev "xiyonatchi" deb atagan uch hokim. Chapdan birinchi Zafar Ro‘ziyev.

- Qashqadaryoning vallomati bor, Ro‘ziyev degan, 5 yil qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan noinsof. DXX rahbari borganidan so‘ng chiqqan izohlarni o‘qi. Bitta jinnining qarindoshi bilan janjal qilib, mening siyosatimni butun dunyoga sharmanda qildi. O‘zimni tumanim, u qilaman, bu qilaman, deysan. Bitta tuzukroq kadring yo‘q, yana Dehqonobodga tirmashasan. Mana, sening menga qilgan "do‘stliging". O‘zbekistondagi hozirgi oshkoralik, shaffoflikni ta’minlay, deb kechayu-kunduz yuritayotgan siyosatimga atrofingdagilar bilan qilgan "do‘stliging," – degan edi Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘da bo‘lib o‘tgan voqealarga o‘z munosabatini bildirar ekan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:31 0:00
Бевосита линк


Ozodlik Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanidagi tadbirkor kreditga qurilgan ikki qavatli yangi do‘koni va sexini buzishga kelgan tuman hokimi o‘rinbosarining ustiga benzin sepib¸ yoqib yuborgani haqida 22 iyul kuni xabar bergan edi. Bu voqea ortidan tuman hokimi va uning o‘rinbosari ishdan olingan edi.

Ushbu voqea ortidan prezident Mirziyoyev buyrug‘iga ko‘ra, Zafar Ro‘ziyev Yakkabog‘ tumaniga borib, aholi va jamoatchilik faollari davrasida prezident va xalqdan kechirim so‘radi.

O‘sha paytda Mirziyoyev Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga siyosatiga xiyonat qilgan uch viloyat hokimi, jumladan, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevni ishdan olish masalasini ko‘rib chiqish haqida topshiriq bergandi.

Zafar Ro‘ziyev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasiga tayinlanishidan avval O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan. U vazir bo‘lgunga qadar Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi, O‘zbekiston prezidentining qishloq xo‘jaligi va suv masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifalarida ishlagan.

Yangi hokim

Zafar Ro‘ziyev ishdan olingan 26 oktabr kungi yig‘ilishda Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. ​

Zoyir Mirzayev
Zoyir Mirzayev

Mulozimlarni suvga tushirib tahqirlagani bilan Ozodlik mushtariylariga yaxshi tanish bo‘lgan Zoyir Mirzayev o‘tgan yilning 29 oktabr kuni bosh vazir muovini lavozimidan bo‘shatilgandi.

Prezident farmonida Mirzayevning g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois ishdan olingani aytildi.

Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Bosh vazirining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab turgan paytda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 6 kishini ariqdagi suvga tushirib, tahqirlagan edi.

51 yashar Zoyir Mirzayev Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan.

Toshkent moliya institutini iqtisod yo‘nalishini tugatgan Ro‘ziyev 2008 yilda Samarqand shahriga hokim bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tib, Ro‘ziyev ​Samarqand viloyatiga hokim etib tayinlangan.

2016 yildan boshlab Ro‘ziyev bosh vazir o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari lavozimida ishladi.

2018 yildan esa Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimi ishlab kelgan.

Zoyir Mirzayev o‘tgan yilning 7 noyabrida Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.​

Yangi va eski huquq-tartibot mulozimlari

26 oktabr kuni o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyat prokurori Botir Yusupov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tursunboyev, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Nasimov ham ishdan olingani ma’lum qilindi.

2018 yil 16 yanvaridan beri Qashqadaryo viloyat prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Yusupov o‘rniga Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev tayinlandi.

Viloyat IIBga Shuhrat Sotiboldiyev, soliq boshqarmasiga esa Azamat Bozorov boshliq bo‘ldi.

26 oktabr kungi hukumat vakillari ishtirokidagi yig‘ilish payti Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilov, Chiroqchi tumani hokimi Rustam Jo‘raqobilov va Mirishkor tuman hokimi Ravshan Komilovning ham ishdan olingani ma’lum qilindi.

Shuningdek, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari Hurram Jo‘rayev va viloyat rahbarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ishdan olingan.

So‘kong‘ichligi bilan tanilgan hokim

O‘tgan hafta Qashqadaryo viloyat hokimligi Mirishkor hokimi Ravshan Koimlov bilan bog‘liq ikki holatni prokuratura o‘rganish uchun nazoratga olganini ma’lum qilgandi.

Komilov bilan bog‘liq holatlarning birinchisi - Mirishkor tumanining Jeynov hududida, dalada yozib olingan audioda, hokim deb aytilayotgan shaxs, fermerlarni paxtani kultivatsiya qilmagani, dorilamagani va sug‘ormagani uchun tahqirlaydi, uradi, so‘kadi.

Думбул билан танилган Миришкор ҳокими фермерларни онасидан сўкди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:42 0:00

Komilov bilan bog‘liq ikkinchi holat esa – dumbul voqeasi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir videoda Ravshan Komilov bir boboni nevaralari bilan begona daladan dumbul o‘g‘irlaganlikda ayblab, haqoratlagani aks etgan edi. Jarayonni tuman ma’muriyati rahbari o‘zi videoga olgan.

Bu video ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lganidan so‘ng, Ravshan Komilovning o‘zi bu qilmishi uchun prezidentdan uzr so‘ragan edi.

2018 yilning 18 iyun kuni Mirishkor tumanida fermerlik qilgan 50 yashar fermer Sherali Davronov 18 iyun kechqurun o‘z joniga qasd qilgan edi. Fermerning yaqinlari o‘sha kuni tuman hokimi Ravshan Komilov uni bug‘doy rejasini bajarmagani uchun majlisda urib haqorat qilganidan so‘ng uyga kelib o‘z joniga suiqasd qilganini iddao qilgan edi.

Ravshan Komilov ilgari Chiroqchi tumani hokimi bo‘lib ishlaganda uning zo‘ravonlik siyosati haqida Ozodlik xabar bergan edi.

2014 yilning 7 oktabrida Chiroqchi tumanining Po‘stin qishlog‘ida istiqomat qiladigan 60 yoshli Moyli buvaning yubiley, kelin tushirish va nevaralarining sunnat to‘yini Chiroqchi tumani hokimi Ravshan Komilov buzgan edi. Paxta terimi paytida to‘y qilmaslik haqida farmoyish bergan hokim o‘z buyrug‘ini buzganlarni shu tariqa jazolagan edi.

2014 yilning 19 oktabrida Chiroqchi tumani hokimi Ravshan Komilov Shahrisabz tumani hokimi Faxriddin Norovni ish kabinetidan tashqariga chiqarib urgan. Ozodlik manbalariga ko‘ra, asli shahrisabzlik bo‘lgan Ravshan Komilovning "tomorqasi"ga Shahrisabz hokimi “tosh otganligi” uchun uni shu tariqa jazolagan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG