Линклар

Шошилинч хабар
09 декабр 2019, Тошкент вақти: 23:21

OzodTarmoq: "Biz bilgandik-Biz Ko‘rgandik"lar avlodi to‘g‘risida yana bir gap


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Dima Qayum Feysbukdagi sahifasida 27 noyabrda e’lon qilgan post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Nozim Safarini "Biz bilgandik biz kutgandik" qiz bilan intervyusini ko‘rib bir voqia yodimga tushdi...

Toshkentdan bir rahbar akamiz kutubxonamga kitoblar bilan tashrif buyurishdi. Jurnalistlar, tv va o‘quvchi yoshlar keldi. Katta tadbir bo‘ldi.

Sovg‘alarni qabul qilib oldim. Tashakkurlarimni aytdim.

Bir go‘zal xuddi shu qizimizday toshib intervyu berar ekan o‘qituvchi xotinim bir menga bir u qizga qaradi. U qiz esa shunday gapirar ediki "biz bilgandik" damini olardi... kutubxonamni hamma kitobini o‘qiganini, harkuni kelishini va xozirgi kunda Chol va Dengiz kitobini o‘qiyotganini aytdi...

Xotinim hamma ketganidan so‘ng u qizni rossa so‘kibdi.. chunki u qiz hechqachon kutubxonamizga kelmagani, hechqachon kitoblar olmagani ayon bo‘ldi...

Rostdan ham ayb unda emas!

Uni shunday tarbiyalashdi!

Uni shunday shakillantirishdi!

Endi uni ustidan kulishyotganida o‘sha rejissyorlar o‘zlarini chekkaga olib jim turishibdi...

U qizni men ham hechqachon ko‘rmaganman va hali ham biror marta kitob olish kelmadi...

Afsus shunday qobilyatli qizlarimiz quruq maddox bo‘lib qolishi achinarli...

XS
SM
MD
LG