Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:32

Habib Nurmagomedov auksionda $100 mingga sotgan futbolka Otabek Umarovning klubidan topildi


Sentabr oyida kim oshdi savdosida anonim xaridor tomonidan 100 ming AQSh dollariga sotib olingan mayka hozirda Toshkentdagi BeFit klubi devorida osig‘liq.
Sentabr oyida kim oshdi savdosida anonim xaridor tomonidan 100 ming AQSh dollariga sotib olingan mayka hozirda Toshkentdagi BeFit klubi devorida osig‘liq.

Joriy yilning sentabrida rossiyalik MMA ustasi, yengil vaznda jahon chempioni Habib Nurmagomedov kim oshdi savdosiga qo‘ygan futbolka 100 ming dollarga sotilgan edi.

Bitta futbolkaning “shaxsi sir qolishini istagan xaridor” tomonidan shuncha pulga sotib olingani o‘shanda ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

24 dekabr kuni Russia Today telekanali sentabrdagi auksiondan so‘ng bedarak ketgan bu futbolkani Toshkentdan topdi.

100 ming dollarlik eski futbolkaning yangi sohibi O‘zbekiston prezidentining kichik kuyovi¸ Prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbarlaridan biri¸ O‘zbekistonda noyabr oyida tashkil etilgan MMA (Aralash qoidalar bo‘yicha jang san’ati) assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov bo‘lib chiqdi.

Futbolkaning “o‘zlariga sovg‘a qilingani”ni ta’kidlagan Umarov¸ uni kim sovg‘a qilgani haqidagi savolni ochiq qoldirdi.

Davlat mulozimi bu qadar qimmatbaho sovg‘a olish bilan qonunni buzmadimi? Ozodlik masalaning shu jihatiga qiziqdi.

Kreml tomonidan moliyalanadigan Russia Today telekanali o‘z sport dasturida “Habib 100 ming dollarga sotgan futbolka Toshkentdan topildi” deb xabar qildi.

24 dekabr kuni jamoatchilikka taqdim etilgan dasturda 100 ming dollarlik futbolkaning O‘zbekiston prezidenti kenja kuyovi Otabek Umarov muntazam o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelayotgan Toshkentdagi BeFit klubi devoriga osilgani ko‘rsatildi.

Klubning kunda-shundasi (taxminlarga ko‘ra egasi) bo‘lgan Otabek Umarovning o‘zi bu futbolkaning Toshkentda paydo bo‘lishi tarixiga qisman oydinlik kiritdi.

- Bizga (biz deganda kimlar nazarda tutilayotgani mavhum – tahr.) bu futbolkani sovg‘a qilishdi. Men uning joyi bizda¸ faqat havaskorlar emas¸ balki professional va chempionlar ham sport bilan shug‘ullanadigan klubda¸ degan qarorga keldim. Bu maykaning joyi sport muhiti doim baland bo‘lgan aynan shu yerda¸ degan qarorga keldik¸ deydi RT muxbiriga BeFit klubidan turib gapirgan Otabek Umarov.

Otabek Umarov Russia Today muxbiri bilan gaplashmoqda.
Otabek Umarov Russia Today muxbiri bilan gaplashmoqda.

Habib Nurmagomedov sentabr oyida kim oshdi savdosiga qo‘ygan futbolkani 100 ming dollarga sotib olgan shaxs anonim qolgan edi.

Rossiyalik muxbirning “Bugun shu sirni ochishingiz mumkinmi – xaridor o‘zbekistonlikmi¸ sizning tanishingizmi¸ ismini ayta olasizmi”¸ degan savoliga Otabek Umarov bu “sirni” sir saqlashini aytish bilan javob berdi.

- Bu odam ismi sir qolishni istadi. Bu maykani Habib va uning komandasi kelganda bizga sovg‘a qilishdi. Inson qalbining yaxshi ish qilishni istashi odamni juda xursand qiladi¸ - deydi so‘ralgan savolga javob bermagan O‘zbekiston prezidenti tansoqchilari rahbari Otabek Umarov.

Dog‘istonlik MMA chempioni Habib Nurmagomedov prezident Mirziyoyev oilasi¸ xususan¸ uning kuyovlarining yaqin do‘sti.

Habib Nurmagomedov prezident Mirziyoyevning o‘g‘li Alisher va nabirasi Miromon bilan. 9 iyunda yuklangan surat.
Habib Nurmagomedov prezident Mirziyoyevning o‘g‘li Alisher va nabirasi Miromon bilan. 9 iyunda yuklangan surat.

Joriy yil davomida u bir necha marta O‘zbekistonda yuqori darajada kutib olinib¸ shohona mehmon qilindi. Otabek Umarov 100 ming dollarlik futbolkani Habibning aynan qaysi safari paytida “o‘ziga sovg‘a qilingani”ni ochiqlamadi.

Davlat mulozimi anonim shaxsdan 100 ming dollarlik sovg‘a olishi mumkinmi?

Ozodlikning bu savoliga javob bergan Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov¸ hatto O‘zbekiston joriy qonunchiligi ham bunday sovg‘ani qabul qilishni taqiqlashini aytadi.

- Bu vaziyatda tug‘iladigan birinchi savol – bu sovg‘ami yoki Otabek Umarovning o‘zi uni anonim shaklda Habibdan sotib olganmi? Sotib olgan bo‘lsa¸ bahosi 100 ming dollar ekani ochiqlangan bu maykani qaysi puliga olgan? Agar bu maykani¸ ya’ni kim oshdi savdosida 100 ming dollarga sotilgan qimmat narsani unga chindan ham sovg‘a qilishgan bo‘lsa¸ bu unaqasiga aylantirsangiz ham¸ bunaqasiga aylantirsangiz ham¸ pora olish deb baholanadi.

Otabek Umarov bu sovg‘ani O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti sifatida olgan bo‘lsa¸ unda ham pora deb kvalifikatsiya qilinadimi¸ degan savolga Ilhomov¸ nodavlat tizimi rahbari sifatida sovg‘a olishning ham o‘z “protokoli” borligini aytdi:

- Otabek Umarov birinchi navbatda kuchli vakolat va mavqega ega davlat mulozimi va davlat xizmatida qolarkan¸ shunday bo‘lib qolaveradi. MMA assotsiiyasi rahbari sifatida sovg‘a qabul qilgan bo‘lsa¸ unda bu sovg‘aning qachon¸ qaerda¸ kimdan olingani o‘sha kuniyoq rasmiylashtirilishi va jamoatchilikka ma’lum qilinishi shart. Bilishimcha¸ bunday bo‘lmadi – rossiyalik muxbirlar “topmaguncha” bu maykaning Umarov klubida ekani sir saqlandi. Boz ustiga¸ Umarov 100 ming dollarlik sovg‘ani olganini aytib turib¸ kim berganini aytmayapti. Naqd pulmi¸ naqd emasmi¸ oltin yoki eski mayka shaklidami¸ bunday sovg‘ani olish pora hisoblanadi.

Prezident kuyovi hatti-harakatiga huquqiy baho berish oqibatidan cho‘chib¸ shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan o‘zbekistonlik advokat ham¸ 100 ming dollarlik sovg‘ani qabul qilish O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra “pora olish” deb klassifikatsiya qilinishini ta’kidladi.

Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha mansabdor shaxsning xizmat mavqeidan foydalanib moddiy qiymatli narsani olishi “pora olish”dir. Ayniqsa¸ O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimli mulozimi¸ prezident tanasiga eng yaqin odamning anonim shaxsdan 100 ming dollarlik sovg‘ani olishi¸ istalgan huquqshunosdan so‘rang¸ pora olish deb ataladi. Bu sovg‘ani bergan shaxs kim¸ nega buncha qimmat sovg‘ani prezident kuyoviga yoki u boshqarayotgan klubga berdi¸ nima manfaat¸ nima xizmat evaziga berdi? Agar O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish tizimlari prezident administratsiyasidan mustaqil bo‘lganda edi¸ bu savollarga javobni ular qidirgan bo‘lardi”.

Habib sotgan futbolka tarixi

2019 yilning 7 sentabrida Birlashgan arab amirliklarining Abu-Dabi shahrida dog‘istonlik Habib Nurmagomedovning amerikalik Dastin Porye bilan jangi bo‘lib o‘tgan edi.

7 sentabrdagi jangdan so‘ng Habib o‘z raqibi futbolkasini kiygan edi.
7 sentabrdagi jangdan so‘ng Habib o‘z raqibi futbolkasini kiygan edi.

Bu jangga O‘zbekiston prezidenti oilasi vakillari¸ xususan Otabek Umarovning shaxsan o‘zi borib¸ Habibga muxlislik qilgan edi.

Jang so‘nggida raqiblar ustlaridagi futbolkalarini almashtirgan va Nurmagomedov o‘z raqibi futbolkasini ko‘p o‘tmay kim oshdi savdosiga qo‘ygan edi.

Habib o‘z raqibi futbolkasining kim oshdida 100 ming dollarga sotilganini e’lon qilgan edi.
Habib o‘z raqibi futbolkasining kim oshdida 100 ming dollarga sotilganini e’lon qilgan edi.

Chempion bu sotuvdan tushadigan pulni Dastin Poryening The Good Fight Foundation xayriya jamg‘armasiga o‘tkazishni va’da qilgan va bunday saxovatpeshaligi uchun olqish olgan edi.

Habib raqibi bu saxovatpeshaligi uchun uni olqishlagan edi.
Habib raqibi bu saxovatpeshaligi uchun uni olqishlagan edi.

16 sentabr kuni Porye o‘z Twitter sahifasida Habib o‘z futbolkasini 100 ming dollarga sotgani va uni o‘z jamg‘armasiga o‘tkazganini yozdi.

Porye¸ xayriya pullarining Afrika¸ xususan¸ Ugandadagi bog‘cha va maktablarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga sarflanishi bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG