Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:57

Samarqandlik dehqonlar 10 yillik uzumzorini klaster vayron qilishidan xavotirda(VIDEO)


“Fazliddin Sultonov olmazorlari” fermer xo‘jaligi dehqonlari.
“Fazliddin Sultonov olmazorlari” fermer xo‘jaligi dehqonlari.

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “Fazliddin Sultonov olmazorlari” fermer xo‘jaligi dehqonlari 15 may kuni Ozodlikka murojaat qildi.

Dehqonlardan biri Dilmurod Amriyevning Ozodlikka aytishicha¸ 2011 yilda tashlandiq joyda barpo qilingan uzumzor bog‘¸ tuman hokimi qarori bilan parrandachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan “Navobod nasli” klasteriga berib yuborilgan.

Hozirgacha 120 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflangan uzumzor ayni hosilga kirish arafasida klaster egasi O‘roqov Haydar¸ dehqonlarga ko‘ra¸ yer o‘ziga berilganini aytib¸ uni buzish taraddudiga tushgan.

- 2011 yilda tashlandiq joyni olganmiz¸ hamma hujjatlarimiz bor. Uch yillik mehnatdan keyin uzumzorlar hosilga kirdi. Shu paytgacha¸ biz berilgan rejani har yil bajarib kelganmiz. Bizdan so‘ramay-netmay yerlarimizni klasterga berib yuborishgan. O‘roqov kelib¸ bizga buzaman uzumzoringni deyapti. Bu qanday insofsizlik va isrofgarchilik. Qariyb 10 yillik bog‘imizni buzishdan to‘xtamoqchi bo‘lyapmiz¸ ammo hech kim quloq solmayapti¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan dehqon.

Samarqandlik dehqonlar Ozodlikka payhon qilinish tahdid ostida qolgan uzumzorlarining hozirgi ahvoli aks etgan videolarni taqdim etdi.

11 may kuni tasvirga olingan bu tasvirlarda dehqonlar ham o‘z uzumzorlari¸ ham ular yerini buzish bilan tahdid qilayotgan klaster egasiga qarashli uzumzorlar manzarasini bir-biriga qiyoslab ko‘rsatadi.

Самарқандлик фермерлар ўз узумзорларининг кластер томонидан пайҳон қилинишидан чўчимоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

- Oldingi hokim bu yerni yashirincha klasterga berib yuborgan. 15 kuncha bo‘ldi¸ karantin paytida klasterchi O‘roqov hozirgi hokim Nosir Mavlonov bilan birga kelib¸ bu yerlarni men sotib olganman¸ bo‘shatinglar dedi. Qachon¸ qanday¸ nimaga olganidan bexabarmiz. Biz oddiy dehqonmiz¸ Fazliddin Sultonov bilan ishlab¸ ro‘zg‘or tebratib keldik. Uzumzorlarimiz yaxshi hosilga kirib¸ endi og‘zimiz oshga yetganda¸ hokimlar uni noqonuniy yo‘l bilan o‘ziga aloqador odamlarga olib beryapti¸ deydi Ozodlik gaplashgan uzumchi dehqon.

Ozodlik samarqandlik dehqonlar shikoyatiga izoh so‘rab¸ Samarqand tuman Yer resurslari va kadastr bo‘limi mutasaddisi bilan bog‘landi.

Mulozim “Fazliddin Sultonov olmazorlari” fermer xo‘jaligiga qarashli 2 gektar hosildor uzumzorning parrandachilik klasteri egasiga berib yuborilganini tasdiqladi.

Ayni paytda¸ "nega¸ qaysi asosda"¸ degan savollarga javob berishni istamadi.

Buni mendan emas¸ hokimdan so‘rang. Bu haqdagi qarorni hokim chiqargan¸ biz shu qaror bo‘yicha ish ko‘ramiz”¸ dedi Samarqand tuman yer resurslari bo‘limi mulozimi.

Samarqand tuman hokimligi telefon raqamlariga kun davomida hech kim javob bermagani bois hokimlikdan bu dehqonlar shikoyatiga munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda ikki yil davomida keyingi avvaligi paxtachilik va bug‘doychilik¸ 2020 yildan esa¸ meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari tashkil etish hukumatning qishloq xo‘jalik sohasidagi ustivor vazifasiga aylantirildi.

Ozodlikka fermerlardan bo‘layotgan aksar murojaatlarda¸ klaster tizimining serhosil yerlarni hokimiyat egalari va ular yaqinlariga olish maqsadida xizmat qilayotgani aytilmoqda.

Klasterga majburan biriktirilgan yuzlab fermer xo‘jaliklari ikki yildan beri o‘z xizmat haqini ololmay¸ bankrotlik yoqasiga kelib qolganini aytmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham klaster sistemasining korrupsiyalashganini e’tirof etgan holda¸ bu tizimga o‘zgartish kiritish yoki uni bekor qilishni kun tartibiga qo‘yganicha yo‘q.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG