Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:16

Kosovo shimolidagi serblar noroziligi chegarada vaziyatni keskinlashtirdi


Kosovo-Serbiya chegarasi.
Kosovo-Serbiya chegarasi.

Serbiya bilan qisman tan olingan Kosovo Respublikasi o‘rtasida yangi keskinlik yuzaga keldi – bu gal mojaroga Kosovo hukumati mamlakatga kirishda serb fuqarolarining hujjatlari va avtomobil qayd raqamlarini majburiy almashtirishni joriy etishi sabab bo‘ldi.

Yakshanba kuni Kosovo shimolida yashovchi etnik serblar Serbiya bilan chegaradagi ikki muhim o‘tish maskani yaqinidagi yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Keyinroq Kosovo politsiyasi norozilarning xatti-harakatlari tufayli “Yarine” hamda “Brnyak” o‘tish maskanlarini odamlar va transport uchun yopishga majbur bo‘lganini bildirdi.

Kosovo hukumati 1-avgust sanasidan boshlab respublikaga kelgan Serbiya fuqarolari u yerda olgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini Kosovoning uch oy muddatga amal qiladigan hujjatlariga almashishini shart qilib qo‘ydi. Mazkur qoida Belgradning Serbiyaga boruvchi Kosovo fuqarolariga nisbatan anchadan beri qo‘llayotgan amaliyotiga muvofiqdir, deya qayd etadi Ozodlikning Bolqon xizmati.

Косоводаги ҳибслардан сўнг Сербия ўз армиясини шай ҳолатга келтирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:33 0:00

Yangi qoidalar avtomobillarning raqamli belgilariga ham taalluqli. Kosovo shimolida istiqomat qiluvchi serblar hanuz Serbiya davlat muassasalari bergan raqamlardan foydalanib kelishadi. 2008-yilda Belgraddan mustaqillik e’lon qilgan rasmiy Prishtina sentabr oyi oxiriga qadar qayd raqamlarini Kosovo Respublikasini anglatuvchi abbreviaturali belgilar bilan almashtirishni talab qilmoqda.

Kosovo bosh vaziri Albin Kurti 31-iyul kuni yuzaga kelgan keskinlikka izoh berarkan, ushbu voqealardan oldin Serbiya hukumati rasmiylari ig‘vogarlarcha bayonotlar e’lon qilganini aytdi. Kurti huquq-tartibot idoralari qonun himoyasiga shayligini bildirdi, shuningdek fuqarolarni hushyorlikka va Kosovo hukumati rasmiy xabarlarini kuzatib borishga chaqirdi.

Belgrad esa, o‘z navbatida, Kosovo hukumatini ayblamoqda. Serbiya hukumatining Kosovoga doir ishlar boshqarmasi direktori Petar Petkovich Albin Kurtini vaziyat uchun yagona aybdor qilib ko‘rsatdi va u “o‘zining mas’uliyatsizlarcha harakatlari bilan Kosovo hamda Metoxiyani yangi inqirozga boshlayotgani”ni aytdi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 31-iyul kuni Belgradda o‘tkazilgan matbuot anjumanida tinchlik bo‘lsin deb duo qilajagini va barchadan, jumladan Kosovodagi serblardan ham mojaroga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlardan tiyilishni iltimos qilishini aytdi.

Ayni chog‘da Vuchich, o‘z ta’biricha, “Kosovo mustaqilligini tan olgan qudratli va yirik mamlakatlar vakillariga” murojaat etib, ulardan xalqaro huquqni va joylardagi vaziyat hisobga olishni iltimos qildi va “yon berilmaydi”, “Serbiya g‘alaba qozonadi”, deya qo‘shib qo‘ydi.

“Ular serblarni ta’qib-tazyiqqa olsalar, serblar bilan yomon muomalada bo‘lsalar, ularni o‘ldirsalar, Serbiya g‘olib chiqajak. Men faqat shuni aytmoqchi edim”, dedi Vuchich.

Kosovo mustaqilligini tan olmayotgan Rossiya hukumati ham Prishtinani mintaqada vaziyatni qasddan keskinlashtirishda ayblab chiqdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Kosovo ma’muriyati kiritgan yangi qoidalarni asossiz, insonni kamsituvchi va “Kosovodan serb aholini quvib chiqarish yo‘lidagi navbatdagi qadam” deb atadi. Zaxarova, shuningdek, “Prishtina ortida turgan AQSh va Yevroittifoq”ni ham eslamasdan o‘tolmadi.

XS
SM
MD
LG