O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun bilan aliment sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar 11 iyuldan kuchga kirdi.
Bu haqda xabar qilgan Adliya vazirligiga ko‘ra, bundan buyon:
- aliment to‘lamaslik 15 sutka ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘ladi;
- aliment to‘lashga majbur shaxslar ikki oy (ilgari uch oy) mobaynida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa jinoiy javobgarlikka tortiladi (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin);
- har bir bola uchun eng kam aliment miqdori eng kam ish haqi miqdorining 75 foizdan (ilgari uchdan bir qism) kam bo‘lmagan miqdorda (138 225 so‘m) belgilanadi;
- alimentni bola voyaga yetgunga qadar ko‘char va ko‘chmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yo‘la oldindan to‘lash mumkin;
- aliment oldindan to‘langan yoki garov shartnomasi tuzish holatlarida, ushbu shaxsga respublikadan chiqishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanadi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam (46 mln 75 ming so‘m) bo‘lmasligi lozim.
Ikki yildan buyon chetga chiqa olmayotgan toshkentlik 30 yashar Shaxriyor, va nihoyat, taqiqdan qutulish imkoni paydo bo‘lganidan xursandligini yashirmadi.
1 yashar bolasiga 300 ming so‘m atrofida aliment to‘layotgan bu yigit shu kunda ishsiz ekani, o‘zi va bolasini ta’minlash uchun chetga chiqib ishlashdan boshqa chora ko‘rmayotganini aytmoqda.
- Lekin, menda 46 million so‘m nari tursin, 4 million so‘m ham yo‘q hozir. Uy-joyim ham yo‘q, men yashab turgan uy otamning nomida. Endi otamdan iltimos qilib ko‘raman-da. Garovga qo‘yishga rozi bo‘lsa, albatta, chetga chiqib ishlayman. Aslida hech qachon aliment to‘lovini kechiktirmaganman. Bu bola meniki va men uni ta’minlayman. Shariat bo‘yicha ham talab shu, buni yaxshi bilaman. Lekin, shu ahmoqona tartibni deb ikki yildan beri ishsiz, sarson yurgan edim, - deydi Shaxriyor.
Quyida Shaxriyor bilan suhbatni tinglang:
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Алиментчи 46 млн. тўлаш мажбуриятини олса, четга чиқишига рухсат бериладиган бўлди