Линклар

13 декабр 2017, Тошкент вақти: 21:50

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Shimoliy Koreyani Amerika qat’iyatini sinamaslik haqida ogohlantirib, Vashington Pxenyanning har qanday hujumiga “yirik va muvaffaqiyatli” javob qaytarishini ta’kidladi. 19 aprel kuni USS Ronald Reagan avianosetsi ustida turib so‘zlagan Pens Shimoliy Koreya “Osiyo-Tinch okeani hududidagi tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan eng xavfli va oshig‘ich tahdid” ekanligini aytdi.

Pens AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pxenyanga iqtisodiy va diplomatik bosim o‘tkazish uchun boshqa mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini ta’kidlar ekan, Qo‘shma Shtlatlar “har doim tinchlik tarafdori” ekanligini qo‘shimcha qildi.

Pens yana “qat’iyligimiz yoki tayyorgarligimizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar bilib qo‘ysin: Har qanday hujumni yengib, oddiy yoki yadroviy qurollarning qay yo‘sinda bo‘lmasin ishga solinishiga amerikacha yirik va muvaffaqiyatli javob qaytaramiz”, dedi.

“Qalqon ham, qilich ham tayyor”, deya so‘zini davom ettirdi vitse-prezident.

Pens Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi demilititsiya qilingan hududni borib ko‘rganidan so‘ng Yaponiyaga safar qildi. Tokioda u bosh vazir Singzo Abe bilan uchrashdi.

Yaponiyaga qilgan tashrifi davomida u: “Biz uchun bosim o‘tkazish juda muhim. Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyani bir avlod umricha muvaffaqiyatli chetlab o‘tgan joyga qo‘yish uchun xalqaro hamjamiyat ham diplomatik, ham iqtisodiy bosim o‘tkazishi uchun vaqt keldi, deb hisoblaydi. Biz Koreya yarim orolini yadroviy qurollardan ozod etish maqsadimizga erishmagunimizcha bo‘sh kelmaymiz, ortga qaytmaymiz”, dedi.

Pensning mintaqaga qilgan xizmat tashrifidan bir necha kun oldin Shimoliy Koreya raketa sinovini amalga oshirdi. Pentagon tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, sinov raketasi otilishi bilanoq portlab ketgan.

18 aprel kuni AQSh Mudofaa vazirligi kotibi Jeyms Mettis Shimoliy Koreya yetakchisi “yengiltaklik bilan yana bir bor raketa otib, biror nima qo‘zg‘ashga urindi”, dedi. Mettis yana AQSh Pxenyanni jilovlash uchun Xitoy bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.

19 aprel kuni Xitoy Shimoliy Koreya rasmiylarining yangi testlar va yadroviy urush haqidagi sharhlari yuzasidan xavotir bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lu Kang Pekin tanglikni oshirishi mumkin bo‘lgan har qanday gap yoki harakatga qarshi ekanligini aytdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaning “mulohazasiz” harakatlarini qoraladi, ammo AQSh Pxenyanga qarshi bir tomonlama harbiy chora ko‘rmasligiga umid qilishini aytdi.

Shimoliy Koreya keyingi yillarda xalqaro tanqidlar va BMT sanksiyalariga qaramasdan, yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatmayotir.

Mamlakatning BMTdagi elchisi o‘rinbosari Kim In-Ren dushanba kuni Nyu-Yorkda o‘tgan matbuot anjumanida AQShni Shimoliy Koreyaga qarshi urush olib borishda aybladi.

“KXDR (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi – tahr.) amerikaliklar xushlagan har qanday urush rejimiga javob qaytarishga tayyor. Hozirgi og‘ir vaziyat yana bir bor KXDR o‘zini mudofaa qilish hamda oldini oluvchi hujum amalga oshirish uchun markazida yadroviy qurollar turgan harbiy qobiliyatlarini kuchaytirib to‘g‘ri qilganini ko‘rsatadi”, dedi.

Tokioda Pensdan Shimoliy Koreyaning BMTdagi elchisi o‘rinbosari In-Ren nutqiga munosabat bildirish so‘raldi.

“Mening nuqtai nazarimcha, ular nima deyayotganlarini tushunayotgani ilhom bag‘ishlaydi. O‘ylaymanki, ular nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki, Yaponiya, janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarning ham chaqiriqlarini qabul qiladi”, deb aytdi.

XS
SM
MD
LG