Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:58

Vazir o‘rinbosari oliy ta’lim sohasidagi yangiliklarni e’lon qildi


2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 mingtaga (14 foizga), 57 907 dan 66 316 taga ko‘paytiriladi. To‘lov-shartnoma pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul joriy etiladi.

Bu ma’lumotlar 7 iyun kuni Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ochiqlandi. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjumanda mana bu ma’lumotlar ham aytildi:

Oliy o‘quv yurtlariga kamida 350 nafar yuqori malakali mutaxassis, o‘qituvchi va olimlar jalb etiladi.

2017-2018 o‘quv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limiga 100 nafar; Navoiy davlat konchilik institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 90 nafar; Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 80 nafar talaba qabul qilish maqsad qilingan.

Oliy ta’limning kechki formatini ham qayta tiklash nazarda tutilgan, hozirda bu soha bo‘yicha jahondagi oliy ta’lim muassasalarining tajribalari o‘rganilmoqda.

Anjumanda aytilishicha, O‘zbekiston Prezidenti 2017 yil 20 aprelda imzolagan "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga binoan qabul qilingan dasturda OTMlarga qabul kvotalarini 18 foizga oshirish va OTMlar o‘quv dasturiga kamida 350 nafar yuqori malakali mutaxassis, o‘qituvchi va olimlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Qabul kvotasining kengayishi barcha oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlar qabuliga bag‘ishlangan anjumanda,mahalliy nashrlarga ko‘ra, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi direktori Majid Karimov hamda bir qator oliy o‘quv yurtlari rektorlari chiqish qilgan.

Vazir o‘rinbosari yana bir yangilikni e’lon qildi. Uning aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi.

“Idoraning asosiy maqsadi — ta’lim va o‘quv-tarbiya jarayonlari sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatishdir", - degan Inomjon Majidov.

Toshkent Davlat universiteti Matematika fakulteti sobiq o‘qituvchisi,fizika-matematika fanlari doktori Sobir To‘laganov bilan suhbatda u kishidan vazir o‘rinbosari ochiqlagan yangiliklarga munosabatini so‘radik.

Физика-математика фанлари доктори Собир Тўлаганов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:13 0:00
Бевосита линк

Suhbatdoshimizning aytganlaridan uzindilar:

Ta’lim inspeksiyasi to‘g‘risida:

"Bunday inspeksiyalar oldin ham ko‘p bo‘lgan. Har bir o‘quv yurtining o‘zida ham inspeksiyalar tashkil qilingan. Biroq, bunday inspeksiyani tashkil qilishdan oldin, u qarshi kurashadigan kasallik diagnozi qo‘yilishi kerak".

Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning joriy usuli qay ahvolga tushib qolgani to‘g‘risida:

"Qabul jarayonini nazorat qilish MXXga topshirilgan edi. Lekin, afsuski, o‘zim guvohi bo‘lganman, MXX bu usulning buzilishiga, test sinovlarining noqonuniy o‘tishiga xizmat qilib berdi".

Sirtqi ta’lim haqida:

"Ta’limning sirtqi shakli uning umumiy sifati yomonligi uchun bekor qilingan edi. Ta’lim sifati hanuz ko‘tarilgani yo‘q. Mana shunday sharoitda qanday kadr tayyorlash mumkin?!"

Chet mamlakatlarda ishlab yurgan o‘zbek professor-o‘qituvchilar haqda:

"Prezident qarorida chet ellik mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilish haqida ham gap bor. Lekin, ayni paytda o‘zimizning malakali kadrlarimiz chet ellarda ishlashayapti. Malayziyada, Turkiyada, hatto Pokistonda, Yevropada, Amerikada ishlayotganlar bor. Shularni qaytarish haqida o‘ylash kerak".

XS
SM
MD
LG