Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:29

O‘zbekistonliklar 1 oktabrdan chet el valyutasini naqd sotib olishi mumkin


O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hukumat joriy yilning 1 oktabridan boshlab, jismoniy shaxslarga chet el valyutasini naqd sotishga ruxsat berishini ma’lum qildi.

Joriy oyda O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyuta – so‘mni deyarli ikki barobar qadrsizlantirdi, ya’ni 5 sentabrgacha 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 4210 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha kuni 8100 so‘mga chiqdi.

"Milliy valyutaning erkin bozor kursiga o‘tkazilgani pulning bank orqali qonuniy operatsiyalari jozibadorligini oshirdi, chunki qora bozorda 1 dollar 7700 so‘mdan sotildi", deb yozdi Reuters agentligi.

Agentlikka ko‘ra, hukumat milliy valyuta qadrini yanada tushirishni rejalashtiryaptimi, degan savolga Bosh vazir, buni bozor ko‘rsatadi, deb javob bergan.

Prezident Shavkat Mirziyoev sentabr oyining boshida e’lon qilingan farmoniga binoan hukumat bilan Markaziy bank oldiga 5 sentabrdan e’tiboran chet el valyutasi chakana operatsiyalarini cheklanmagan tarzda amalga oshirish vazifa qilib qo‘yildi.

2 sentabr kuni prezident imzolagan PF-5177-sonli farmonda, shu yilning 5 sentabrida boshlab, yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklarida cheklanmagan miqdorda sotish va sotib olishi mumkinligi qayd etilgan.

Biroq o‘zbek vatandoshlari valyutani naqd emas, konversion bank kartalariga tushirib olishi hamda bu puldan faqat chet elda foydalanishi mumkinligi belgilangan edi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarga konversion kartalar orqali horijiy valyutani sotishda cheklov bor va bu bir kvartal uchun 5000 dollar etib belgilangan.

O‘qish yoki davolanish maqsadida horijga otlanganlar uchun ham bu pul etmay qolayotganidan Ozodlikka shikoyatlar kelayotgan edi.

Endilikda 1 oktabrdan boshlab, jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani naqd sotib olishda ham biror cheklov bormi yoki yo‘q - bu haqda hozircha aniq ma’lumot berilmadi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG