Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:26

“Abdullajon” filmi muallifi bugungi o‘zbek kinolarini tanqid qildi


"Abdullajon" filmidan kadr
"Abdullajon" filmidan kadr

«Chinor ostidagi duel»¸ «Suyunchi»¸ «Abdullajon» kabi o‘zbek kinosi "oltin sandig‘i"dan o‘rin olgan kinofilmlar ssenariy muallifi Rixsivoy Muhammadjonov Ozodlik bilan suhbatda «falaj ahvolga kelgan o‘zbek kinosini» qanday qilib reanimatsiya qilish haqida gapirdi.

“Абдуллажон” сценарийси муаллифи бугунги ўзбек киноларини танқид қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:46:22 0:00

Kinossenarist Rixsivoy Muhammadjonovni suhbatga milliy kino san’ati va kinoindustriyani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab 29 dekabr kuni prezident Mirziyoev o‘tkazgan yig‘ilish munosabati bilan tortdik.

29 dekabr kungi yig‘ilishda Mirziyoev zamonaviy o‘zbek kinofilmlarni jiddiy tanqid qildi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti o‘tgan 25 yillik davrda “privatizatsiya bahonasida kinoteatrlarning choyxona va do‘konlarga aylantirilganidan” taassuf bildirdi.

Kinorejissyor Yo‘ldosh A’zamov tarafidan 1969 yilda suratga olingan «O‘tkan kunlar» kinosini sog‘inishini ta’kidlagan O‘zbekiston prezidenti hozirgi kinolarga “sarflangan pullar hayf” der ekan, fikrini bunday davom ettirdi:

“Mening eng katta ichki qiynoqlarim: “Bobur” kinosini ko‘rishni o‘zim niyat qilardim. Ulug‘bek, Beruniy, qilsak (kino olsak, demoqchi -tahr.) bo‘ladimi?! Millatimizning orzusi bo‘lgan bu kinolar nega yo‘q?»

Mirziyoev nutqidagi aynan shu gaplarni bundan ikki yil oldingi Qurultoy dasturida o‘zbekistonlik taniqli kino ustalari Shuhrat Abbosov¸ Rixsivoy Muhammadjonovlar ham gapirgan edi.

XS
SM
MD
LG