Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 14:30

Qashqadaryo hokimi tungi soat 10 dan keyin ko‘chada yurish va kafe-choyxonalarda ovqatlanishni taqiqladi


Yakkabog‘dagi kafe-choyxonalarga tungi soat 10 dan keyin kirganlarga militsiya qo‘liga tushish xavfi paydo bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 30 aprel kuni kechasi choyxonada ovqatlanib turgan mijozlar militsiya xodimlari tomonidan olib ketilib, jarimaga tortildi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan jabrlanuvchining aytishicha, militsiya xodimlari bu jarimani soat 22:00 dan keyin ko‘chada yurish, kafe-choyxonalarda ovqatlanish taqiqlanganiga oid qaror mavjudligi bilan izohlagan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasining Ozodlik gaplashgan rasmiysi, bunday tadbir viloyat hokimining qarori bilan amalga oshirilayotganini aytdi.

Қашқадарё ҳокими тунги соат 10 дан кейин кўчада юриш ва кафе-чойхоналарда овқатланишни тақиқлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:52 0:00
Бевосита линк

Yakkabog‘ tumanining “Jo‘ra” kafesida 30 aprel kuni kechki soat 10 larda ovqatlanib o‘tirgan to‘qqiz odamni tuman ichki ishlar bo‘limining “Isuzi” avtobusida kelgan o‘nga yaqin xodimi ushlab¸ bo‘limga olib ketgan.

Militsiya tomonidan olib ketilganlardan biri Ozodlikka ismi sir qolish sharti bilan o‘zlariga ovqatni yeb tugatishga ham imkon berilmaganini aytadi.

“Men uch nafar do‘stim bilan kechqurun choyxonaga kirib, ovqatlanib o‘tirgan edik. Bir payt 8-9 cha melisa kirib keldi-da, “hammang tur, otdelga boramiz”, dedi. Men va o‘rtoqlarim, “biz nima gunoh qildik, hech kimga ozor bermagan bo‘lsak, ovqatlanib o‘tirgan bo‘lsak”, desak, melisalar soat 10 dan keyin yurish mumkin emas, uyda o‘tirish kerak, bu hokimning qarori”, deb aytdi”, deydi ichki ishlab bo‘limiga olib ketilgan xo‘randalardan biri.

Uning aytishicha, militsiya choyxonachiga qo‘shib, 9 kishini olib ketgan.

“Hammamizni avtobusga tiqib, militsiya bo‘limiga olib borishdi. Bitta-bitta barmoq izi olib, bo‘sh protokolga imzo qo‘yishimizni talab qildi. Men, “nima uchun ushlab kelganingizni avval siz yozing, tagiga¸ men javobimni yozaman”, dedim. Ular biz keyin yozamiz, sen tagiga yozib qo‘yaver, dedi. Keyin men bor gapni yozib imzo chekdim. Shundan so‘ng, militsiya xodimi eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida jarima to‘laysizlar, uylaringga xat boradi”, deb aytdi. Agar bizni soat o‘n yarimlarda olib kelishgan bo‘lsa, kechasi soat ikki yarimda ko‘chaga chiqarib, endi uylaringga ketinglar¸ deb aytishdi”, deydi yakkabog‘liklardan biri.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa bir yakkabog‘likning aytishicha, militsiya xodimlari kechasi ko‘chada o‘z ishi bilan yurgan odamlarni ham ushlab olib ketmoqda.

“Bular “Isuzi” avtobusida kechasi ovga chiqayapti. Aholi gavjum yashaydigan qishloqlargacha borishayapti. Ko‘chada kechasi o‘z ishi bilan yurgan odamlarni ham ushlab olib ketishayapti. Asosiy ushlaydigan joylari esa kafe, choyxona va barlar. Tappa boradida¸ bosib olib ketadi. Bir necha kun oldin “Olaqarg‘a” qishlog‘idagi choyxona, kafelardan ham 20 kishini olib ketib, otpechatka olib, jarima qilib qo‘yvorishdi. O‘z yurtingda, tinch qishlog‘ingda ham erkin yurib bo‘lmay qoldi”, deydi yakkabog‘liklardan biri.

Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishirmagan mulozimi, bunday tadbirlar amalga oshirilayotganini tasdiqladi.

“Bundan ikkita maqsad bor. Jinoyatchilikning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash. Lekin hammani bir chekkadan ushlab kelayotganimiz yo‘q, ichib janjal qilganlarni olib kelayapmiz”, dedi bu mulozim.

O‘zini Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarlikni oldini olish bo‘limi mulozimi Yo‘ldoshev deb tanishtirgan militsiya xodimi, bunday tadbirning nafaqat Yakkabog‘ tumani¸ balki butun viloyat hududida viloyat hokimining qarori asosida olib borilayotganini bildirdi:

- Viloyat hokimining qarori bor. Qarshi shahrida ham, tumanlarda ham tungi soat 10 dan keyin kafe, bar, dam olish maskanlarini yopish haqida. Buning sababi shunday. Masalan, yaxshi odamlar uzog‘i bilan soat 10 gacha o‘tirib, dam olib keyin oilasiga boradi. O‘ndan keyin kim yuradi? Ota-onasi qarovisiz, qo‘pol qilib aytganda ko‘chabezori yuradi. Keyin kafega boradi, ichadi, bir narsa qiladi. Bemaqsad yurgan, qaerga, nima sababdan yuribsan, mana shular tekshiriladi. Buning hammasi jamoat xavfsizligi uchun qilinayapti, - dedi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi Yo‘ldoshev.

Qashqadaryo viloyati hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Abror Annaev Ozodlik bilan suhbatda viloyat hokimining bu qarori xususida matbuot xizmati boshlig‘i to‘liq ma’lumot berishini aytib, muxbirning ish telefonini yozib oldi.

Ammo 3 may kun davomida hokimlikdan qo‘ng‘iroq bo‘lmadi va Ozodlikning keyingi qo‘ng‘iroqlari ham javobsiz qoldi.

O‘zbekistonning avalgi prezidenti Islom Karimov davrida Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida tunda yurgan shaxslarni ushlash amaliyotlari ko‘p o‘tkazilgan.

Jumladan, Toshkentda 1999 yildan boshlab bayramlar arafasida o‘tkazib kelingan "Tozalash-antiterror" tadbiri, joriy yilning mart oyida to‘xtatilgan edi.

Bu tadbirlar davomida yillardan beri Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Navro‘z va boshqa bayramlar arafasida poytaxtda fuqarolar pasporti tekshirilga¸ xususan tungi soat 10 dan keyin yurganlarni militsiya bo‘linmalariga olib ketib¸ propiskasi yo‘qlarni 15 sutkagacha hibsga olish va jarima solish kabi ma’muriy choralar ko‘rilgan edi.

XS
SM
MD
LG