Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:01

Mirziyoev Parpiev va soliq tizimidagi 70 foizlik korrupsiya haqida gapirdi (VIDEO)


Botir Parpiev
Botir Parpiev

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Davlat soliq qo‘mitasi sobiq rahbari Botir Parpievni hamda u yetakchilik qilgan tizimdagi ahvol haqida gapirdi.

Kun.uz saytining xabar qilishicha, Prezident Botir Parpiev to‘g‘risida bunday degan: "Yana bir muhim masala - mahalliy byudjetga tushum hajmi. Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini (Botir Parpiev – izoh kun.uzniki) almashtirganim bejiz emas, sababi bizda soliq tizimi yo‘q. Hali ish ko‘p. Soliqda ham ko‘p o‘yinlar bo‘lgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz"-.degan Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbarining aytishicha, mamlakat soliq tizimining korrupsiyalashuv darajasi juda yuqoridir.

"Soliqchining saviyasi yo‘q, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak - soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pog‘onadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq, mana shuni hamma bilishi kerak», - degan Shavkat Mirziyoev.

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpievning yaqin qarindoshlaridan 4 kishi 27, 28 may kunlari ishdan olingani to‘g‘risida Ozodlik xabar qildi.

Генерал Парпиевнинг полковник жиянларидан сўнг “профсоюз” укаси ва дипломат ўғли ишдан олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:18 0:00

O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasini so‘nggi 14 yilda boshqarib kelgan kelgan 72 yashar general Botir Parpiev joriy yilning 11 mayida Prezident Mirziyoev tomonidan o‘z vazifasidan bo‘shatilib, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisi etib tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG