Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:16

O‘n sakkiz ming olam chetini ko‘rsa bo‘ladigan teleskop qurilishi boshlandi


Magellan teleskopi ko‘zgusi diametri Jeyms Ueb teleskopinikidan (suratda modeli) qariyb 4 marta katta bo‘ladi.
Magellan teleskopi ko‘zgusi diametri Jeyms Ueb teleskopinikidan (suratda modeli) qariyb 4 marta katta bo‘ladi.

Yaqinda koinotning eng chekka nuqtalarini kuzatish imkonini beruvchi teleskop qurib bitiriladi. Ulkan “Magellan” teleskopi 1 milliard dollarga tushishi aytilmoqda.

Seshanba kuni loyihaga yetakchilik qilayotgan GMTO korporatsiyasi Chilidagi Las-Kampanas observatoriyasida teleskopni qurish ishlari boshlab yuborilganini e’lon qildi.

Ulkan teleskop asalari uyasi shaklida joylashgan yetti ko‘zguga ega bo‘ladi. Ularning umumiy diametri 24 metrga teng bo‘ladi.

Kompyuter dasturi yordamida Yer atmosferasi tufayli yuzaga keladigan shovqinlar tuzatiladi. Murakkab hard va softga ega “Magellan” “Habbl” teleskopidan 10 marotaba aniqroq bo‘ladi.

“Magellan” teleskopi 2024 yilda ishga tushishi kutilmoqda. Ammo tadqiqotchilar allaqachon katta rejalarni tuzyapti.

Bundan avval qurilgan har qanday teleskopdan ko‘proq yorug‘lik to‘play oladigan ushbu moslama Yerdan o‘ta olis jismlarni o‘rganish imkonini beradi.

Teleskop saytida yozilishicha, ushbu moslama qator savollarga, jumladan, galaktikalar qanday yuzaga kelishi, qora modda va qora energiya xususiyatlari hamda Katta portlashdan keyin yulduzlar qanday yuzaga kelgani haqidagi savollarga javob topishga yordam beradi.

Bundan tashqari, teleskop hammani qiziqtiradigan “olamda yolg‘izmizmi?” degan savolga ham javob topishga ko‘maklashishi mumkin.

XS
SM
MD
LG