Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:26

Prokuror sobiq MXX rahbarlariga uzoq muddatli qamoq jazolari so‘radi


Davlat ayblovchisi sobiq MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulovni 16 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.
Davlat ayblovchisi sobiq MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulovni 16 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Shu yilning 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy sudida davlat ayblovchisi sudlov hay’atidan bir guruh MXX (joriy nomi DXX - Davlat xavfsizlik xizmati) mulozimlari, prokuror, militsiya va tadbirkorlardan iborat, jami 12 nafar kishiga nisbatan uzoq muddatli qamoq jazolari tayinlashni so‘radi.

Bu ma’lumotni Ozodlikka Respublika Harbiy prokuraturasidagi manbadan oldi.

Davlat ayblovchisi sudning qora kursisida o‘tirgan MXX raisining sobiq o‘rinbosari, polkovnik Shuhrat Toshpo‘latovni 12 yilga, MXX raisning Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Hayot Sharifxo‘jaevni 14 yilga, MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulovni 16 yilga, MXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi, podpolkovnik Ergashevni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Davlat ayblovchisi maxfiy xizmat xodimlarining barcha harbiy unvonlari, davlat mukofotlarini bekor qilishni talab qildi.

Shuningdek, davlat ayblovchisi Surxondaryo viloyat prokuraturasi tergovchisi Sherali Axmedovni 11 yilga, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Nazarovni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Ayni paytda, sobiq MXXning 4 mulozimi, prokuratura tergovchisi hamda ichki ishlar zobiti bilan birga surxondaryolik 5 va andijonlik 1 tadbirkor ham sudlanmoqda. Davlat ayblovchisi ularni 6 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Shuningdek, mazkur shaxslarning davlat va fuqarolar manfaatlariga
keltirgan bir necha milliardlik zararlarini majburiy tartibda undirish va ularga qo‘shimcha ravishda eng kam maosh miqdorining 100 baravaridan 600 baravarigacha jarima jazolari qo‘llanilishi belgilangan.

Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Bosh prokuratura bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Mazkur shaxslarning bir qismiga oid 08/26612-18-sonli jinoyat ishi shu
yilning 14 avgustida mazmunan ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy sudiga yuborilgandi.

“Mazkur sudlanuvchilar ikkita alohida jinoyat ishi bo‘yicha tergov qilingan bo‘lib, ularning jinoyat ishi sudda mazmunan qo‘rish uchun biriktirilgan. Bundan tashqari ochilgan boshqa jinoyat ishlari bo‘yicha davom etayotgan tergov jarayonlarida so‘roq berishmoqda” deydi Ozodlik manbasi.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 165-moddasi (Tovlamachilik), 184-moddasi (Soliqlardan bo‘yin tovlash), 205-moddasi (Mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 230-moddasi (Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish)¸235-moddasi (Qiynoqqa solish), 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi)¸ singari moddalarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlangan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, mazkur jinoiy guruh a’zolarining katta qismi Surxondaryoda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgar qilingan.

Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov O‘zbekiston prezidentining 19
yanvar kuni Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan Toshkentda qamoqqa olingan edi.

MXXning yuqori unvonli zobitlari Toshpo‘latov va Sharifxo‘jaevlar shu
yilning may oyida qamoqqa olinib, so‘roqlarga jalb qilingan.

Kelgusi haftada mazkur jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi e’lon qilinishi kutilmoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG