Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:26

Obid Asomov prodyuseri uning yurak xurujiga uchragani haqidagi xabarni rad etdi


"O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomovning og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi ba’zi mahalliy nashrlar tarqatgan xabar noto‘g‘ri".

55 yashar Obid Asomovning ma’muri, aktyor O‘tkir Muhammadxo‘jaev 11 dekabr kuni Ozodlik muxbiriga shunday bayonot qildi.

Ba’zi nashrlarga ko‘ra, qiziqchi Obid Asomov 10 dekabr kuni “og‘ir yurak xurujini boshdan kechirib, poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan”.

O‘tkir Muhammadxo‘jaevning bildirishicha, qiziqchi Obid Asmov haqiqatan ham shifoxonaga yotqizilgan, ammo uning yurak xurujiga uchragani “bo‘lmagan gap”.

- Hech qanaqa infarkt yo‘q. Bir-ikkita saytlar yolg‘on xabar tarqatib yuboripti, tagiga yetmasdan, bilmasdan. Oddiy shamollash. Ukol, kapelnitsa shu. Faqat shamollash bo‘lgan. Boshqa unaqa infarkt yo‘q, yurak xuruji yo‘q, - dedi Obid Asomov ma’muri Ozodlik bilan suhbatda.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00
Бевосита линк

Muhammadxo‘jaev¸ "muxlislar bezovta qilmasligi uchun taniqli qiziqchining alohida boksga olingan"ini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov "Multiplikatsion filmlar studiyasi" unitar korxonasi direktorligiga tayinlangan edi.

O‘zbekiston va chet o‘lkalarda iste’dodli aktyor, qiziqchi va rassom o‘laroq tanilgan Obid Asomov uchun avvalgi prezident Islom Karimov davrida qariyb 10 yil katta sahnaga yo‘l yopib qo‘yilgan edi.

Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin ko‘plab san’atkorlar kabi Obid Asomovga qo‘yilgan taqiq ham olib tashlangan.

XS
SM
MD
LG