Линклар

Шошилинч хабар
18 май 2021, Тошкент вақти: 13:30

Kristian Lasslet: Toshkent hokimi O‘zbekistonda eksklyuziv imtiyoz bilan ishlayotgan 67 ta shirkatga aloqador!(VIDEO)


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev prezident Shavkat Mirziyoev bilan.

Kristian Lasslet (Kristian Lasslett) Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya bo‘yicha professori¸ Markaziy Osiyo va Yevropadagi korrupsiya va kleptokratiya (yunonchadan tarjimasi o‘g‘rilar hukmronligi -tahr.) bo‘yicha kitoblar muallifi.

Xalqaro maydondagi davlat va xususiy biznes manfaatlari to‘qnashuvini tadqiq qilib kelayotgan professor Lasslet Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan beri O‘zbekiston biznes iqlimidagi o‘zgarishlarni yaqindan kuzatib kelmoqda.

Joriy yili bu vaziyatga oid qator maqolalarini e’lon qilgan Lasslett 30 may kuni O‘zbekistondagi bugungi biznes amaliyotining Karimov davridan qanchalik uzoqlashgani mavzuiga bag‘ishlangan yangi tadqiqoti xulosasini e’lon qildi.

Кристиан Ласслет: Тошкент ҳокими Ўзбекистонда эксклюзив имтиëз билан ишлаëтган 67 та ширкатга алоқадор!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

Bu surishtiruv markaziga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning biznes imperiyasi xaritasi qo‘yildi.

Ozodlik 31 may kuni muallif bilan surishtiruvning asosiy xulosalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

****************************************************

Ozodlik: O‘zbekistonda katta tadbirkorlar¸ qudratli hukumat arboblari ko‘p. Lekin siz surishtiruvingiz ob’ekti qilib Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevni tanladingiz? Nega?

Kristian Lasslet: Aslida¸ surishtiruv O‘zbekistonda borayotgan islohotlar jarayoni haqida. O‘zbekiston hukumati bu jarayonda o‘tmishdagi yomon amaliyotlardan qanchalik uzoqqa ketganini o‘rganish uchun Toshkent shahar hokimi

Jahongir Ortiqxo‘jaevni tadqiqot ob’ekti qilib tanladik. Nega aynan Ortiqxo‘jaev? Chunki qudratli siyosiy shaxs bo‘lgan Toshkent hokimi O‘zbekistondagi ulkan biznes imperiyasi egasi hamdir.

Jahongir Ortiqxo‘jaevni tadqiqot ob’ekti qilib tanladik. Nega aynan Ortiqxo‘jaev? Chunki qudratli siyosiy shaxs bo‘lgan Toshkent hokimi O‘zbekistondagi ulkan biznes imperiyasi egasi hamdir. Ortiqxo‘jaev misolida biz joriy hukumatning siësiy va biznes manfaatlari chatishib ketgan murakkab vaziyatda qanday yo‘l tutishini o‘rgandik. Hukumat davlat va shaxs manfaatlari to‘qnashuvi oldini olishga harakat qilayaptimi? Olinayotgan qarorlarning ochiq va shaffofligi ta’minlanayaptimi? Biznes gullab-yashnashini uning egalarining siyosiy aloqalari va siyosiy ta’siri belgilashi oldi olindimi? Bu surishtiruvda Ortiqxo‘jaev biznesi misolida shu savollarga javob topishga urindik.

Ozodlik: Maqolangizda Jahongir Ortiqxo‘jaevga aloqadorligi hujjatlar bilan dalillangan o‘nlab shirkat nomi keltirilgan. Bu shirkatlarning o‘rgimchak to‘ridek yoyilgan o‘zaro zanjiridian Ortiqxo‘jaev kirmagan serdaromad biznes qolmapti o‘zi¸ degan xulosa kelib chiqadi. Surishtiruv natijasida o‘zingiz ham shunday fikrga keldingizmi?

Kristian Lasslet: Bu savolga birgina Tashkent City misolida javob beray. Bu 1.3 milliard dollarlik loyiha va O‘zbekiston tarixida bunaqa qimmat qurilish bo‘lmagan. Bu megaloyiha boshlanganida¸ undagi Akfa Group ishtiroki deyarli ko‘zga tashlanmadi – Ortiqxo‘jaev shirkati sirtdan qaraganda loyihadagi 8 ta lotning faqat bittasining investori qilib ko‘rsatildi.

Tashkent Cityning qolgan investorlariga oid korporativ ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganishni boshlaganimizdan keyin Akfa-Artel guruhining yana uchta lotning investori ekani¸ yana to‘rtta lotning bosh pudratchisi ekanini ko‘rdik.

Qolgan lotlar¸ go‘yoki boshqa investor va boshqa shaxslarga tegishlidek ko‘rindi. Ammo Tashkent Cityning qolgan investorlariga oid korporativ ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganishni boshlaganimizdan keyin Akfa-Artel guruhining yana uchta lotning investori ekani¸ yana to‘rtta lotning bosh pudratchisi ekanini ko‘rdik. Shuningdek¸ Akfa-Artelning Tashkent City loyihasining barcha muhim jihatlarida muhim rol o‘ynayotganini aniqladik.

Bu esa¸ asosiy aksiyalari Toshkent shahar hokimiga qarashli shirkatlarning u davlat nomidan boshqarayotgan shahardagi eng yirik loyihada juda katta manfaatlari borligini anglatadi.

Ozodlik: Surishtiruvingizda Tashkent City qurilishi va Toshkentdagi boshqa yirik loyihalarni olgan Ortiqxo‘jaevga aloqador o‘nlab shirkat aksiyalarining egalari nomlarini keltirgansiz. Bu aksiyadorlar orasida Jahongir Ortiqxo‘jaevdan tashqari Abror G‘aniev va Ismoil Isroilov degan yana ikki shaxs nomi juda ko‘p uchraydi. Bu odamlar kim¸ ularning Ortiqxo‘jaevga qanday aloqasi bor?

Kristian Lasslet: Biz O‘zbekistonda tashkil etilgan 67 ta shirkat hujjatlarini o‘rganish asosida ularning Akfa-Artel guruhiga bog‘langanini aniqladik.

Biz O‘zbekistonda tashkil etilgan 67 ta shirkat hujjatlarini o‘rganish asosida ularning Akfa-Artel guruhiga bog‘langanini aniqladik.

O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan bu shirkatlardan kamida 18 tasi aksiyalarining egasi qilib offshor kompaniyalar ko‘rsatilganini aniqladik. Bu offshor shirkatlar Britaniya va Singapurda ro‘yxatga olingan. Bu offshor kompaniyalarini birlashtiruvchi jihat¸ ularning haqiqiy egasi kimligini jamoatchilikdan bekitishga imkon beruvchi legal vositadan foydalanayotganidir. Ya’ni¸O‘zbekiston iqtisodidan katta ulush olgan bu shirkatlarning asl egasi kimligini topishning iloji yo‘q. Bu shirkatlar o‘z asl egasini nega yashiradi – yo ular egasi siyosiy hokimiyatdagi odam, yoki biznes o‘tmishi shubhali shaxslardir. Surishtiruv davomida Akfa-Artelga aloqador 67 shirkatdagi kattagina aksiyalarning siz tilga olgan Abror G‘aniev va Ismoil Isroilov nomida ekani ko‘rindi. Abror G‘aniev Akfa guruh raisi¸ Ismoil Isroilov esa¸ uning menejeri. Jahongir Ortiqxo‘jaev shirkatlari boshqaruvchilari bir paytning o‘zida hokimga aloqador o‘nlab shirkatlar aksiyalariga ham egalik qiladi. Biz G‘aniev va Isroilovga xat yozib¸ aksiyalarning haqiqiy egasi sizmi¸ yoki boshqa odamga qarashli aksiyalarga ishonch asosida egalik qilayapsizlarmi¸ deb so‘radik. Lekin hech qanday javob olmadik. Shu bois¸ bu savolga aniq javob topolmadik. Buning xavotirga sabab jihati shundaki¸ u yoki bu shirkat menejerining uning katta qism aksiyalariga egalik qilishi kam uchraydigan hodisa. Bu shirkatlar o‘z haqiqiy egasi kimligini yashirish uchun offshor sxemalaridan foydalanmoqda. Shu bois biz¸ Abror G‘aniev va Ismoil Isroilov kabi shaxslar¸ O‘zbekistondagi yirik shirkatlar aksiyalarining asl egalari emas¸ ular asl mulkdor shaxsini bekitish uchun tanlangan odamlar¸ degan xavotirdamiz. Akfa-Artel O‘zbekistondagi eng daromadli shirkatligidan kelib chiqsak¸ uning tarkibidagi shirkat asl egalari nega bekinmoqda¸ degan savol yana kun tartibiga tushadi.

Qo‘limizdagi hujjatlarga tayanib turib 100 foiz ishonch bilan aytishimiz mumkin bo‘lgan fakt¸ G‘aniev va Isroilov bir paytning o‘zida Jahongir Ortiqxo‘jaevning ishchilari¸ ayni paytda¸ unga aloqador shirkat aksiyadorlari va biznes sheriklaridir.

Ozodlik: Bu gapingiz butun O‘zbekiston Gulnora Karimovaniki ekanini ko‘rib¸ bilib turgan bir paytda¸ uning qog‘ozdagi egalari Gayana Avakyan¸ Nurmuhammad Sodiqov¸ Alisher Sobirov kabi uning qo‘l ostidagi odamlar bo‘lgan yaqin o‘tmishni eslatayapti.

Kristian Lasslet: To‘ppa-to‘g‘ri. Xuddi shuning uchun ham biz qizil bayroq ko‘tarib¸ har xil aylanma yo‘llar bilan O‘zbekistondagi katta biznes kompaniyalarining asl egalari bekitilganini yaqin o‘tmishda ko‘rdik. Ularning haqiqiy egalari siyosiy hokimiyatdagi o‘ta qudratli shaxslar ekani fosh bo‘lganini bugun bilamiz. Yana bilganimiz¸ ular o‘z vakolat va ta’siridan foydalanib¸ davlat va xalq boyligini o‘g‘irlaganini ham ko‘rdik. Shu bois biz Mirziyoev hukumati o‘tmishdagi bu amaliyotdan qanchalik uzoqlashgan-uzoqlashmaganini ko‘rmoqchimiz. Agar bugungi hokimiyat egalari Gulnora Karimova misolidagi kabi amaliyotni davom ettirayotgan bo‘lsa¸ bu narsa ertaga ular uchun ham¸ o‘zbek iqtisodi uchun ham xuddi shunday falokatli bo‘lishidan ogohlantirmoqchimiz.

Ozodlik: Surishtiruvingizda Jahongir Ortiqxo‘jaev oila a’zolari¸ xususan¸ xotini va aftidan o‘g‘lining nihoyatda katta imtiyozlar berilgan shirkatlar egasi ekanini aniqlabsiz. Hokim oilasining bu shirkatlar egasi ekanligida qanday muammo ko‘rasiz?

Kristian Lasslet: Hokimning xotini Nigora Ortiqxo‘jaeva O‘zbekistondagi eng yirik xususiy klinika - Akfa Medline shirkatining 61,64% aksiyasi egasidir. Bu shirkatga hukumat

Hokimning xotini Nigora Ortiqxo‘jaeva O‘zbekistondagi eng yirik xususiy klinika - Akfa Medline shirkatining 61,64% aksiyasi egasidir. Bu shirkatga hukumat O‘zbekiston sog‘liq saqlash sektorida deyarli boshqa biror kompaniyaga berilmagan eksklyuziv imtiyozlar bergan.

O‘zbekiston sog‘liq saqlash sektorida deyarli boshqa biror kompaniyaga berilmagan eksklyuziv imtiyozlar bergan. Joriy yil hukumat mamlakatdagi birinchi va hozircha yagona xususiy meditsina universiteti ochish huquqini ham aynan Akfa Medlinega berdi. O‘zbekistondagi boshqa biror shirkatga bu imkon hatto taklif ham etilmadi – ochiq tender o‘tkazilmay turib¸ xususiy universtitet haqqini Akfa Medline tarelkasiga solib berishdi. Bu universitetni tashkil etish jarayonining kattagina qismi Toshkent shahar hokimi vakolatidadir. Xotini ochayotgan universitet ish boshlashini hokim Ortiqxo‘jaev ta’minlab berishida ochiqdan-ochiq davlat va shaxsiy manfaatlar to‘qnashmayaptimi¸ degan savolni shahar hokimi ma’muriyatiga yubordik. Ular buni mutlaq inkor qildi va hecha qanday manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligini iddao qildi. Bu javobdan esa¸ O‘zbekistondagi amaldorlarning manfaatlar to‘qnashuvi konsepsiyasini yo yaxshi tushunmayotgani¸ yoki uni bir pulga olmayotgani ko‘riladi.

Bundan kelib chiqib¸ O‘zbekistonda biznes qilish uchun halol va adolatli maydon yo‘q deya olamiz. Bugungi daromadli biznes egalari ham zo‘r tadbirkor bo‘lgani uchun emas¸ balki hukumat va hokimiyatdagi qudratli shaxslarga aloqadorligi uchun gullab-yashnamoqda. Ular asl egalari qo‘lidagi qudrat vositasida davlat mablag‘i¸ soliq va boj imtiyozlari berilgani uchun kengayib¸ kuchayib bormoqda.

Ozodlik: Surishtiruvingiz markazidagi Jahongir Ortiqxo‘jaevning kun sayin kengayib¸ tarmoqlanib borayotgan biznes imperiyasi ortida bugungi hokimiyatdagi qudratli shaxslar borligini taxmin qilishga asos bormi?

Kristian Lasslet: Bunday xavotirga tushishga jiddiy asoslar bor.

Bugungi o‘zbek iqtisodining eng daromadli loyihalarini qo‘lga kiritgan va kiritayotgan shirkatlarning asl egalari sir tutilmoqda

Sababi – bugungi o‘zbek iqtisodining eng daromadli loyihalarini qo‘lga kiritgan va kiritayotgan shirkatlarning asl egalari sir tutilmoqda¸ ular ham offshor kompaniyalari¸ qobiq strukturalar ichiga bekinib olgan. O‘zbekistonliklar bugun yana egasi kimligini birov bilmaydigan kompaniyalarga boshqalarning tushiga ham kirmaydigan imtiyozlar berilayotganini ko‘rib turipti. O‘zbekistonliklar bugun kecha tuzilgan o‘tmishi yo‘q offshor shirkatlariga davlat va xalq mulkining hech bir tendersiz tekinga berilayotganini ko‘rib turipti. Buni ko‘rib-bilib turgan xalq¸ mutlaq xavotirga tushishga haqli. Ammo korporativ ma’lumotlar bazasidan hozircha Ortiqxo‘jaev kabi shaxslar biznesiga imtiyoz berayotganlar kim va ularning bu biznes strukturalarida qanday va qancha ulushi borligini topishning imkoni yo‘q. Qo‘limidagi hujjatlarga tayanib turib:

Akfa-Artel guruhining biznes ko‘lami nihoyatda ulkan; ha bu biznes imperiyasi markazida Jahongir Ortiqxo‘jaev turipti

Ha¸ Akfa-Artel guruhining biznes ko‘lami nihoyatda ulkan; ha bu biznes imperiyasi markazida Jahongir Ortiqxo‘jaev turipti; ha bu biznesda asl egalari bekitilgan offshor kompaniyalar bor; ha bu biznes davlatdan katta miqdorda yordam olayapti¸ deya mutlaq ishonch bilan ayta olamiz. Ammo bu biznesning bizga ko‘rinmayotgan tarafida kimlar borligini aniq ayta olmaymiz.

Ozodlik: Bugungi biznes imperiyalarining asl egalari kimligi yozilgan qog‘ozlar yetti qavat qulf ostida qaerlardadir bekitilganini aytayapsiz. Bu hujjatlar ochiqlanishi uchun yana o‘n yillab Shveysariya politsiyasining yangi reydlarini kutamizmi?

Kristian Lasslet: Yo‘q. Biz bu bank qutilarining ochilishini 10 yil kutib o‘tirishimiz shart emas. Qilishimiz mumkin ish – ma’lumotlar bazasi bilan ishlash ilmidan foydalanishdir. Bu bizga qaysi shirkatlar egalarining yashiringanini aniqlashga yordam beradi. Biz gaplashayotgan misolda¸ Ortiqxo‘jaev qo‘l ostida ishlayotganlar u majoritar aksiyador bo‘lgan shirkatning qolgan aksiyalari egasi ekanini aniqlay oldik. Bu ochiqlanishi ortidan Ortiqxo‘jaev aksiyalarini boshqa shaxslar - xotini va har xil menejerlari nomiga o‘tkazishni boshladi. Biz buni ham isbotlay olamiz. Endi jamoatchilik¸ birinchi galda¸ jurnalistlar hokim Ortiqxo‘jaevdan quyidagi savollarni so‘rashi kerak:

“Aprel-may oylarida to‘satdan Akfa-Artel guruhidagi aksiyalaringizdan qutulishga kirishdingiz¸ nomingiz to‘satdan aksiya egalari ro‘yxatidan yo‘qola boshladi.

Siz o‘zingizni shaffof siyosatchiman¸ deyapmiz. Unda marhamat qilib¸ bu aksiyalarni qanchaga sotganingizni¸ bu oldi-sotdining qonuniy bo‘lganini ko‘rsatuvchi bank transaksiyalarni bizga ko‘rsating.

Siz o‘zingizni shaffof siyosatchiman¸ deyapmiz. Unda marhamat qilib¸ bu aksiyalarni qanchaga sotganingizni¸ bu oldi-sotdining qonuniy bo‘lganini ko‘rsatuvchi bank transaksiyalarni bizga ko‘rsating. Ko‘rsatingki¸ biz davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaringiz bilan qorishtirmayotganingizga ishonaylik”.

Qatma-qat offshor strukturalari qobig‘iga bekingan shirkat egalarining kimligini topish uchun jurnalistning bank qutisiga qo‘li yetmaydi. Ammo qo‘lidan keladigani¸ savol berish va shu ishni qilaverishimiz kerak.

Bu jarayonda eng muhim o‘yinchi O‘zbekiston hukumatidir. Bu shirkatlar asl egalarini ko‘rsatuvchi hujjatlar hukumatda bor. Gap o‘zini islohotchi qilib ko‘rsatishga harakat qilaëtgan bu hukumatning mazkur hujjatlar saqlanadigan kompaniyalar reestrini jamoatchilikka ochiqlash-ochiqlamasligida qolgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG