Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:21

Manbalar: Qarzga botgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” sakkizta samolyotini sotmoqchi. Ikkitasi - Dreamliner


2019 yil aprelida¸ milliy aviakompaniya bankrotlik yoqasida turgan bir paytda¸ Toshkentga yana bir yangi Dreamliner olib kelindi.
2019 yil aprelida¸ milliy aviakompaniya bankrotlik yoqasida turgan bir paytda¸ Toshkentga yana bir yangi Dreamliner olib kelindi.

Davlatga qarashli “O‘zbekiston havo yo‘llari” (Uzbekistan Airways) milliy aviakompaniyasi¸ oshib borayotgan qarzlarini to‘lashga qurbi yetmay qolgani ortidan¸ o‘z ixtiyoridagi 8 dona samolyotni sotishga hozirlanmoqda.

Bu jarayondan xabardor mulozimlarga ko‘ra¸ kelasi oylar ichi sotuvga qo‘yiladigan uchoqlar orasida 250 million dollarga olingan ikkita Boeing 787-8 Dreamliner ham bor.

Ozodlikning 29 iyul kungi qo‘ng‘irog‘iga o‘zini aviakompaniya raisi yordamchisi deb javob bergan mulozim¸ "bu masala bilan maxsus komissiya shug‘ullanayotgani va Ozodlik savollarining ana shu komissiya vakillariga jo‘natilgani"ni aytish bilan cheklandi.

Ozodlik o‘z savollarini 26 iyul kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi rasmiy saytida bog‘lanish uchun berilgan elektron pochtaga jo‘natgan edi¸ ammo hozirgacha ularga javob olmadi.

“Milliy aviakompaniya qarz botqog‘iga botib qolgan”

Ozodlik gaplashgan bir necha transport va aviatsiya sohasi mulozimiga ko‘ra¸ “O‘zbekiston havo yo‘llari” (O‘HY) milliy aviakompaniyasini o‘z tijoriy faoliyatini avval-boshdanoq bozor qonunlariga zid qurgan va shu bois hozirga kelib kredit yukini ko‘tara olmay qolgan.

Bu “og‘irlikka vaqtincha tirgak bo‘lish uchun”¸ Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ milliy aviakompaniya hukumat bilan birgalikda O‘HY ixtiyoridagi sakkizta uchoqni sotuvga qo‘yishga qaror qilgan.

Sotuvga qo‘yiladigan uchoqlar ro‘yxati - ikkita Boeing 767, ikkita Boeing 757, ikkita Boeing 767 rusumidagi yo‘lovchi uchoqdan yuk tashuvchiga modifikatsiya qilingan yuk samolyoti va yana ikkita Boeing 787-8 Dreamliner”¸ deydi Ozodlikka bu jaraën haqida ma’lumot bergan O‘HY ga yaqin mulozim.

Yangi samolyotlarni sotish qarori¸ Ozodlik gaplashgan transport-aviatsiya mutaxassislariga ko‘ra¸ milliy aviakompaniya rahbariyati va hukumatning yo‘lovchi tashish bilan kreditni uza olmasligini tan olishini anglatadi.

Hozirda aviakompaniya uchoqlaridagi o‘rindiqlarning 84 foizi sotilmoqda. Bu dunyodagi eng baland ko‘rsatkichlardan biri. Shunga qaramay¸ aviakompaniya moliyaviy jihatdan kreditini qoplashga qodir emas. Bu borib turgan absurd”¸ deydi Ozodlik suhabtdoshlaridan biri.

Ozodlik ixtiyorida hozircha milliy aviakompaniyaga qarashli yo‘lovchi va yuk samolyotlarini sotuvga qo‘yishiga oid rasmiy hujjat yo‘q.

2018 yil dekabr¸ 2019 yil yanvar oyida Ozodlik "O‘zbekiston havo yo‘llari" taqriban 240 million dollarga sotib olgan ikki Boeing 787-8 Dreamliner uchog‘ining ishdan chiqqani haqida xabar bergan edi.

Aytilishicha¸ sotuvga qo‘yiladigan Dreamlinerlar¸ Boeing kompaniyasining Amsterdamdagi texnik xizmat bazasida remont qilingan samolyotlardir.

O‘shanda kompaniya ichidagi mutaxassislar¸ ​bir uchishda 13 ming kilometrgacha uchadigan dvigateli kuchli Dreamlinerlarning ikki yil ichida ishdan chiqishiga ular qisqa masofali reyslarda ishlatilgani sabab bo‘lganini aytgan edi.

Ozodlik suhbatdoshlari¸ davlat puliga umuman keragi bo‘lmagan eng qimmat samolyotlarni olish ortida nihoyatda katta korrupsiya borligini iddao qilgan va bu buyurtmani bergan sobiq rahbarlarni javobgarlikka tortishni talab qilgan edi.

Milliy aviakompaniyaning qarzi qancha?

“O‘zbekiston havo yo‘llari” soliq to‘lovchi pullari hisobiga kun ko‘rib kelayotgan davlatga qarashli monopolist kompaniya bo‘lishiga qaramay¸ uning moliyaviy vaziyatiga oid ma’lumot jamoatchilikdan sir tutib kelinadi.

Ozodlik gaplashgan milliy aviakompaniyaga aloqador mulozimlarga ko‘ra¸ “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning yillik kirimi 800 million dollar atrofida.

Moliyaviy lizingga olingan uchoqlar uchun yillik kredit to‘lovi 185 million dollar. Endi hisoblab chiqing – kompaniya yillik tushumining 23 foizi qarzni qoplashga ketayapti. Moliyaviy lizing uchun O‘HY Milliy bankning kafolati bilan Amerika va Xitoy banklaridan kamida 12 yillik kredit olgan. Bilishimcha¸ Milliy bank foizining o‘zi 6 foiz. Bu esa¸ O‘HK Milliy bankka bir yilda 11 million dollar to‘laydi¸ degani. Bu pulga dunyoning oldi samolyotlarini kamida bir yilga ijaraga olish mumkin”¸ deydi Ozodlik gaplashgan mutaxassislardan biri.

Milliy aviakompaniyaning umumiy qarzi haqidagi aniq rasmiy ma’lumot jamoatchilikka umuman e’lon qilinmagan. Mutaxassislar taxminicha¸ bu qarz miqdori ikki milliard dollardan uch milliardgacha bo‘lishi mumkin.

“Milliy aviakompaniyada bitta ham yuk tashuvchi samolyot qolmaydi”

Ozodlikka murojaat qilgan transport-logistika sohasi mulozimlaridan yana biri¸ yaqin orada amalga oshishi kutilayotgan savdo oqibatida¸ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviaparki so‘nggi yuk uchoqlaridan ham ajrashini bildirdi.

“IL-76 yuk samolyotlarini allaqachon sotib yuborishgan. 2003 yili olingan Boeing 767 larni 2014 yili har biriga katta pul¸ kamida 14 million dollardan to‘lab¸ Boeing zavodida 56 tonna yuk tashishga moslashtirishgan edi. Zo‘r samolyotlar. Ulardan¸ yuk tashishdagi dahshatli byurokratiya sabab¸ tuzuk-quruq foydalanishni ham eplasholmadi. Endi ikkalasi ham suvtekinga ketadi”¸ deydi bu mutaxassis.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” orqali xorijga meva-sabzavot eksport qilishga uringan tadbirkorlardan biri¸ kompaniyadagi superbyurokratiya sabab¸ biror tonna yukini xorijga chiqara olmaganini aytadi.

Ishonmasangiz¸ o‘z mahsulotini Moskva¸ Pekin yoki Hongkongga yuk jo‘natmoqchi dehqon bo‘lib¸ O‘HY tijorat bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring¸ nima deyishadi? Butun boshli serial boshlanadi – gendirektorga xat yozing¸ tamojnyadan ruxsat¸ chegara qo‘shinlaridan ruxsat oling va hokazo. Qani gilos¸ qani boshqa meva-sabzovot va meva tashimalari? Hammasi og‘izdagi chiroyli gaplar. Yuk samolyotini kimlargadir ijaraga berib qo‘yib¸ otkatni olib yotishni biladi bular! Superbyurokratiya ortida superkorrupsiya bekinib yotipti”¸ deydi bir kilo yukini ham milliy aviakompaniya kargosi orqali tashita olmagan tadbirkor.

Hozircha milliy aviakompaniya o‘z ixtiërida qolgan so‘nggi yuk samolyotlarini sotsa¸ bu qatnovlarni qaysi kompaniya¸ qanday shartlarda amalga oshirishiga oid ma’lumot yo‘q.

Kim aybdor?

Ozodlik suhbadoshlari¸ moliyaviy jihatdan bunday “absurd qaror” uchun O‘HYning sobiq rahbarlari, ayni paytda¸ hozirgi Transport vazirligi amaldorlari mas’ul ekanini aytadi.

Na moliya¸ na tijorat va na aviatsiyani tushungan odamlar nafaqat aviatsiya¸ balki butun transport tizimini korrupsiyaga botirgan. Davlatga ulkan ziyon yetkazgan bunday xaridlar ortida nihoyatda katta korrupsiya¸ otkatlar sxemasi yotipti. Ammo buning uchun hozirgacha hech kim javobgarlikka tortilmadi. Nafaqat aviatsiya¸ balki temir yo‘l¸ avtobus tashuvlarida ham ayni shunday ahvol. Bularning hamma zarari borib yana xalq cho‘ntagiga tushmoqda. Yaqinda O‘HY chiptalari nega qimmatligi haqida ko‘tarilgan savollarga javobni shu yerdan topasiz ”¸ deydi Ozodlik suhbatdoshlari.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG