Линклар

Шошилинч хабар
16 сентябр 2019, Тошкент вақти: 17:25

Navoiy hokimi zavodni boshqa “investor”ga berishi oqibatida 120 kishi 3 oydan beri ishsiz qoldi (VIDEO)


Ишсиз қолган навоийликларнинг президентга мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:23 0:00

Ishsiz qolgan navoiyliklarning prezidentga murojaati.

Navoiy viloyat hokimining joriy yil 14 fevral kungi qarori tufayli 10 yildan beri kuniga 10 ming donadan shifer chiqarib turganzavod yopilib¸ 120 kishi ishsiz qoldi.

Bu haqda uch oy oldin faoliyati to‘xtatilgan “Munjal shifer” MChJ sobiq ishchilaridan 22 avgustda Ozodlikka kelgan videomurojaatda aytilgan.

Hozirda ishlamayotgan zavodning sobiq ishchilari o‘z murojaatida mamlakat prezidentidan yordam so‘ragan.

Navoiy shahar Sputnik qo‘rg‘onida joylashgan shifer zavodi 14 fevralgacha shu nomdagi MChJga qarashli bo‘lgan.

Endilikda zavodi to‘xtab turgan MChJ rahbari hamda muhandisining Ozodlikka aytishicha¸ Navoiy viloyat hokimi¸ zavod qurilgan yerning 12 yil oldingi oldi-sotdisini "noqonuniy deb topib"¸ uni “yangi investor”ga nol qiymatda o‘tkazib bergan.

Oqibatda¸ kuniga 10 ming dona shifer chiqarib turgan korxona ishdan to‘xtagan¸ ammo “yangi investor” hozirga qadar zavodga biror investitsiya kiritmasdan¸ ishchilarni ko‘chaga haydagan.

Ozodlik Navoiy viloyat hokimligi¸ qolaversa¸ shifer zavodining yangi mulkdorlaridan bu iddaolarga munosabat olishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.

Prezidentga videomurojaat

Ozodlikka yuborilgan videomurojaatda “Munjal shifer” MChJ hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan o‘nga yaqin sobiq ishchi Navoiy viloyat hokimining korxona qurilgan yerni boshqa investorga berib yuborgani 120 odamni ishsiz qoldirganidan shikoyat qiladi.

Ишсиз қолган навоийликларнинг президентга мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:23 0:00

Bu videomurojaatda gapirganlardan biri - “Munjal shifer” MChJsining sobiq muhandisi Go‘zal Yoriyeva Ozodlik bilan suhbatda o‘zi va boshqa ishchilarni bunday videomurojaatga majbur qilgan vaziyatni tushuntirishga urindi.

- Navoiy shahar Sputnik qo‘rg‘onida joylashgan 12 gektarlik joy bu. 10 yildan beri bu yerda 120 odam ishlab kelayotgan edik. Ikkita investorimiz bor edi – “Ohangaronshifer” va hindistonlik investor Shila Ram. Fevral oyida viloyat hokimi bu yer noqonuniy sotilgan¸ deb yerni davlatga qaytarish haqida qaror chiqardi. Keyin biz tanimaydigan ikkita investorga berishgan. Ular kelib bizni ko‘chaga haydab chiqardi¸shundan beri ishsiz¸ nima qilishni bilmaymiz¸ deydi Ozodlik gaplashgan Yoriyeva.

“Munjal shifer” MChJsi direktori Shuhrat Xudoyberganov bu qarorni bekor qilish uchun Oliy sudgacha borgani¸ ammo o‘ziga tushuniksiz sababga ko‘ra¸ eng yuqori instansiyaga qadar¸ 120 odamni ish bilan ta’minlab¸ daromad qilib kelayotgan tuppa-tuzuk korxona manfaatini himoya qilishni hech kim istamayotganini aytadi.

- 2018 yilda prezident Mirziyoyev bo‘sh turgan joylarni nol balansda investorlarga beringlar¸ dedi. Navoiy viloyat hokimi ishlab turgan shifer zavodini bo‘sh joy deb¸ boshqa investorga berib yubordi. 120 ta odamni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ldim. Shikoyat qildik¸ prokuratura keldi¸ ishlab turiptiku¸ nega buni boshqa investorga berishayapti¸ deb chiqib ketayapti¸ deydi Xudoyberganov.

“Yer hokimiyat balansiga o‘tdi¸ shu yerni yana o‘zimizga berib¸ korxona ishini davom ettirish mumkin ediku! Lekin bizga berishmadi. Yangi investor esa¸ ishlab turgan korxonani yopib¸ 120 odamni ko‘chada qoldiridi”¸ deydi “Munjal shifer” MChJ direktori.

Korxona rahbariyati¸ uning 82 foiz aksiyalariga egalik qilib kelgan "Ohangaronshifer" va hindistonlik investor hozirga qadar huquqiy yordam so‘rab Oliy sudgacha murojaat qilgan.

Ozodlik gaplashgan “Munjal shifer” MChJsi namoyandalariga ko‘ra¸ Oliy sudga qadar bo‘lgan instansiya yerni boshqa investorga berish qarorini kuchda qoldirgan.

O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratishni o‘z ustuvor vazifalaridan qilib belgilagan Mirziyoyev hokimiyati vakillarining 120 odamni ishsiz qoldirishi sababiga rasmiy izoh so‘rab, Ozodlik Navoiy viloyat hokimligiga murojaat qildi.

Viloyat hokimining iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qabulxonasi telefoniga javob bergan shaxs¸ bu masalada izoh olish uchun bir necha daqiqadan so‘ng qayta telefon qilishni tavsiya etdi.

Keyingi qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG