Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2019, Тошкент вақти: 19:55

OzodTarmoq: Paxta paykalga toylab tashlab ketilyapti


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

Taniqli o‘zbek yozuvchisi Nabijon Boqiy 22 oktabr kuni o‘zining Feysbukdagi sahifasida sarlavha ostidagi va quyidagi suratni e’lon qildi.

Bu suratlarni ko‘chirib bosishimzga lutfan rozilik bergan adibning aytishicha, suratlarni u bugun (22 oktabr) Sirdaryo viloyat, Oqoltin tumanida olgan.

Nabijon Boqiy paxtaning Amerikada ishlab chiqarilgan mashinada terilganini, mashina birato‘la g‘o‘zapoyani yanchib, dalaga sochib ketishini aytdi.

Sirdaryo viloyatiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining “John Deere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan eng so‘nggi rusumdagi olti qatorlik paxta terish mashinalari keltirilgani to‘g‘risida "Xalq so‘zi" 30 sentabrda xabar qilgan edi.

"Mazkur innovatsion paxta terish mashinalari Singapurning “Indorama” kompaniyasi tomonidan Oqoltin tumanidagi paxta dalalarida respublikamizda ilk bor sinovdan o‘tkazildi" deyilgan xabarda.

"Xalq so‘zi"ga ko‘ra, mashina terilgan paxtani g‘aramlab, ya’ni qadoqlab ham beradi.Har bir g‘aram 2,5 tonnadan 2,7 tonnagacha vaznga ega. Yana kam xarajatli bo‘lishi barobarida ish unumi ham baland. “John Deere 7760” paxta terish mashinasi kuniga 40-50 gektar maydondan 80-100 tonnagacha paxtani terish quvvatiga ega.

Lekin "Xalq so‘zi" o‘z xabariga ilova qilgan suratlarda g‘o‘zapoya yanchilmagan. Aftidan Nabijon Boqiy e’lon qilgan suratlarda eng so‘nggi terim aks etgan.

Nabijon Boqiyning Feysbukdagi sahifasidan olingan surat
Nabijon Boqiyning Feysbukdagi sahifasidan olingan surat

Алоқадор

XS
SM
MD
LG