Линклар

Шошилинч хабар
24 октябр 2020, Тошкент вақти: 17:11

Anqara bilan Moskva Suriya-Turkiya chegarasini birgalikda nazorat qilishga kelishib oldi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on (ch) va Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘), Sochi, 2019 yil 22 oktabri.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida Anqara va Moskva Firot daryosining sharqidagi Suriya-Turkiya chegarasini birgalikda nazorat qilishga kelishib olishdi.

Kelishuvga muvofiq, turk qo‘shinlari Suriya shimolidagi amaliyot natijasida qo‘lga kiritgan 30 kilometrga teng hududni nazorat qiladi. Chegara yaqinidagi qolgan 30 kilometrli hududga Rossiya harbiy politsiyasi kiritiladi, kurd qurolli otryadlari esa bu hududni tark etishlari lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng Turkiya bilan Rossiya chegaraoldi hududini birgalikda qo‘riqlay boshlaydi.

Turkiya prezidenti 22 oktabr kuni Sochiga tashrif buyurib, u yerda Rossiya prezidenti bilan uchrashdi. Olti soat davom etgan muzokaralarning asosiy mavzusi Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy amaliyoti bo‘ldi.

Putinga ko‘ra, tomonlar Suriya shimolidagi vaziyatni izga solish bo‘yicha qo‘shma yondashuvni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganlar.

Erdo‘g‘on Suriya bilan Turkiya chegarasi yaqinida barpo etilajak "xavfsizlik hududi"ga o‘z mamlakati hududida bo‘lgan suriyalik qochqinlarning bir qismi joylashtirilishi mumkinligini qayd etdi.

Ikki hafta muqaddam Turkiya Suriya shimolida kurd qurolli otryadlariga qarshi harbiy amaliyot boshlagan. Erdo‘g‘onning AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan uchrashuvidan keyin kurdlarga hududni tark etish uchun 5 kun muhlat berilgandi va bu muhlat kecha oqshom nihoyasiga yetdi.

Seshanba kuni suriyalik kurdlarning rahbarlari o‘z otryadlarini Turkiya bilan chegarada joylashgan 30 kilometrli hududdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildilar. Bu amaliyotni to‘xtatish uchun Turkiya tomonidan qo‘yilgan shartlardan biri edi.

Mazkur amaliyot boshlanganidan keyin AQSh qo‘shinlari Turkiya chegarasiga yaqin hududlarni tark etdilar, kurd otryadlari nazorat qilgan hududning bir qismiga esa Suriya prezidenti Bashar Asadga sodiq kuchlar kirdilar.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG