Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2020, Тошкент вақти: 13:26

"Hurmatli Prezident, Sizdan iltimos, bizning maoshimizni boshqa oshirmang!"


Sarlavhaga chiqarilgan gap jizzaxlik melioratsiya muhandisidan kelgan maktubdan olindi. Xatning mag‘zi ham shu gapda mujassam. Muhandisning yozishicha, maoshi yaqinda oshirilganidan so‘ng kamayib ketgan. So‘nggi gapni yozishda xato qilganimiz yo‘q. Muallifning yozishicha, chindan ham maoshi yaqinda oshirilganidan so‘ng kamayib ketgan. Iddaolariga isbot sifatida u so‘nggi ikki oydagi oylik ish haqiga oid buxgalteriya hisobi ko‘chirmasini ham maktubiga ilova qilgan.

Maktubni o‘qing:

2010 yili Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga (Biz uni hazillashib Toshkent ishchilar va mardikorlar instituti deymiz) buyuk orzular bilan o‘qishga kirdim.

Paxta mavsumidan keyin Hurmatli Prezidentimiz institutga tashrif buyurdilar. Shundan keyin butun institut bo‘ylab ta’mirlash ishlari boshlandi. 4 yil mobaynida mardikor sifatida butun institut jamoasi ishladi.

2014 yili institutni tamomlab melioratsiya sohasiga ishga kirdim. Xaqiqiy xayot endi boshlandi. Qariyb 4 yil shu sohada ishlayapman.

Prezidentimizning joriy yil boshida Jizzaxga tashrifidan so‘ng viloyat bo‘yicha obodonlashtirish ishlari boshlandi va yana birinchilardan bo‘lib qishloq va suv ho‘jaligi xodimlari hasharga safarbar etildi.

Butun yoz davomida mardikor sifatida ishladik. Bizni melioratsiyada insonning ma’lumoti hech kimga qiziqmas.

Hurmatli prezidentimiz oktabr oyida suv ho‘jaligi xodimlarining oylik maoshini oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Hurmatli Prezident, Sizdan iltimos, bizning maoshimizni boshqa oshirmang. Ushbu qarordan oldin 900 ming so‘m maosh olardim, qarordan so‘ng 700 ming so‘m olyapman.

O‘zbekistonda oliy ma’lumotli kadrlarning qadriga yetmas ekanlar, hech qachon yuksalish bo‘lmaydi.

Raschetniy listok za Oktabr.2019 g.
_______________________________________
F.I.O.:
_______________________________________
INN:
_______________________________________
1.Organizatsiya: Jizzax gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi
_______________________________________
1. Oklad po dnyam: 1 034 854,00
Vsego nachicleno: 1 034 854,00
_______________________________________
1. Podoxodniy nalog: 124 182,00
2. Profsoyuz: 10 349,00
Vsego uderjeno: 134 531,00
_______________________________________
1. Nalichniy:Avans: 455 337,00
2. Nalichniy:Viplata zarabotnoy plati: 444 986,00
Vsego viplacheno: 900 323,00
_______________________________________
Data i vremya: 11.12.2019 10:15:50

Raschetniy listok za Noyabr.2019 g.
_______________________________________
F.I.O.:
_______________________________________
INN:
_______________________________________
1.Organizatsiya: Jizzax gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi
_______________________________________
1. Oklad po dnyam: 805 663,00
Vsego nachicleno: 805 663,00
_______________________________________
1. Podoxodniy nalog: 96 680,00
2. Profsoyuz: 8 057,00
Vsego uderjeno: 104 737,00
_______________________________________
1. Plastik:Avans: 413 942,00
2. Plastik:Viplata zarabotnoy plati: 286 984,00
Vsego viplacheno: 700 926,00
_______________________________________
Data i vremya: 08.12.2019 02:33:19

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Bu ruknda berilgan materiallar mualliflari qarashlari Ozodlik qarashlariga mos kelmasligi mumkin.​

Алоқадор

XS
SM
MD
LG