Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:36

Myuller hisoboti: Tramp Rossiya hukumati vakillari bilan til biriktirmagan


AQSh maxsus prokurori Robert Myuller

AQSh maxsus prokurori Robert Myuller AQSh razvedkasining Rossiya 2016 yilgi yilgi saylovga aralashgani to‘g‘risidagi xulosalarini ham, prezident Donald Trampning tergovga xalaqit bermoqchi bo‘lganini ham tasdiqladi. Biroq u Tramp Rossiya hukumati vakillari bilan til biriktirmagan, degan xulosaga keldi.

Myullerning tergov bo‘yicha xulosalari juz’iy tahrir bilan 18 aprelda e’lon qilindi. Unda Tramp bilan safdoshlari hamon huquqiy muammolar, jumladan, impichment ehtimoliga duch kelishi mumkinligi aytiladi.

Umuman olganda, Tramp hisobotni qoniqish bilan qarshi oldi va rossiyalik amaldorlar bilan hech qanday fitna uyushtirmaganini, Myuller tergoviga qarshilik qilmaganini yana bir karra ta’kidladi.

Ushbu hisobot Tramp prezidentlik lavozimiga kirishgandan beri obro‘siga soya solib turgan tergov bobini yopdi.

Garchi unda Tramp biror jinoiy xatti-harkat sodir etgani isbotlanmagan bo‘lsa-da, Kongressdagi Demokratlar partiyasi vakillarining prezidentga impichment e’lon qilishga urinishlarini kuchaytirishi mumkin.

Vakillar palatasidagi 6 ta qo‘mitaning demokratlardan bo‘lgan rais va raisalari “Kongress prezidentning tergovga xalaqit berishga urinish borasidagi beodob, korrupsiyalashgan va g‘ayri-axloqiy xatti-harakatlariga baho berishi kerak”, demoqda.

18 aprelda e’lon qilingan hisobot Tramp FTBning hurmatga sazovor sobiq direktori Myullerning maxsus prokuror etib tayinlanishiga avvalboshdanoq jiddiy munosabatda bo‘lganini ko‘rsatdi.

Shu sababli u Rossiya bilan bog‘liq tergovni o‘z nazoratiga olishga, Myullerni ishdan chetlatish bilan tergovga halaqit berish hollari tergov qilinishini to‘xtatishga uringan edi.

Adliya vaziri Jeff Seshnz qonunga ko‘ra Myullerning ishini nazorat qilishga haqli edi, ammo u o‘zini chetga olib, nazoratni o‘rinbosari Rod Rozenstaynga topshirdi.

Tramp bundan qattiq g‘azablandi va Seshns 2018 yil noyabrida iste’foga ketguniga qadar bir necha oy davomida uni mazax qilib yurdi.

Hisobotda aytilishicha, Myuller maxsus prokuror etib tayinlanganidan so‘ng oradan bir oycha vaqt o‘tib, Tramp Oq Uy huquqshunosi Don MakGanga Seshnzga Myullerning manfaatlari ziddiyati borligini aytib, lavozimidan chetlashtirilishni tayinlashga ko‘rsatma bergan. Biroq MakGen bu gapni aytishdan ko‘ra iste’foga ketishi ma’qul ekanini aytib, ko‘rsatmani rad etgan.

Myuller tergovchilar MakGenga bosim o‘tkazilishiga o‘xshash, jumladan, Trampning Komini ishdan bo‘shatishi sabablari singari bir qancha masalalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazganini, lekin bular Tramp tergovga xalaqit berganini isbotlash uchun yetarli emas, degan qarorga kelganini aytdi.

Hisobot e’lon qilinishidan oldin Seshnzning izdoshi adliya vaziri Uilьyam Barr matbuot konferensiyasi o‘tkazib, hisobot haqida fikrlarini bayon qilgan edi.

Barr tergov chog‘ida Tramp yoki uning kampaniyasida qatnshgan jamoa vakillari rossiyaliklarning saylovga aralashishga urinishlariga aloqadorligi aniqlanmaganini aytdi. Yana u Trampning ushbu ishni tergov qilishga xalaqit berganiga oid hech qanday isbot ko‘rsatilmaganini ham ma’lum qildi.

Myuller hisobotida Trampning uning savollariga bergan 12 betlik javoblari ham bor. U Trampning yuristlari bilan kelishib, odil sudlovga to‘sqinilk qilish bilan bog‘liq birorta savolni unga kiritmadi.

Garchi Myuller savollarga berilgan javoblar qoniqarli bo‘lmaganini aytgan bo‘lsa-da, prezidentning tergovchilar bilan so‘roq berishiga oid chaqiriq qog‘ozi yubormaslikka qaror qilgan.

Barr hisobotni tahrir qilish jarayoni haqida gapirib, bunda Trampning “ijro imtiyozi”ga ega ekani hisobga olinmaganini, lekin tahrir qilingan materialni Oq Uy ma’muriyati xodimlari ko‘rib chiqqanini bildirdi.

Ayni choqda Kreml matbuot kotibi Dmitiry Peskov Myullerning hisoboti e’lon qilinishini muhim bo‘lmagan narsa deb atadi. Lekin hisobot haqida prezident Vladimir Putinga ma’lumot berishdan oldin “tahlilga yaroqli biror muhim narsa bor-yo‘qligini bilish uchun hujjatni varaqlab ko‘rish kerakligi”ni aytdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG