Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:26

Senatorlar majburiy mehnat oldini olish uchun komissiya tuzdi


Oliy Majlis Senatining 4 oktabr kungi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalasini muhokama qildi.

Senat axborot xizmatining xabar berishicha¸ mazkur masala “fuqarolar mehnat huquqlarining kafolatlarini yanada mustahkamlash dolzarb ekanligi tufayli” senatorlar tashabbusi bilan muhokamaga qo‘yilgan.

“O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) a’zosi bo‘lgani holda mazkur tashkilotning 14 ta konvensiyasini, shu jumladan bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. Ushbu konvensiyalarning qoidalari bosqichma-bosqich milliy qonun hujjatlarimizga implementatsiya qilindi”¸ deyiladi Senat axborotnomasida.

Muhokamalar natijasida Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzishga qaror qilingan¸ shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui tasdiqlangan.

Parlament komissiyasi raisi qilib¸ Kun.uz saytining yozishicha¸ taniqli senator Svetlana Ortiqova saylangan.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab hududiy bo‘limlariga ega bo‘ladigan bu komissiya¸ Senat axborotnomasida aytilishicha¸ majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarini bajarish yuzasidan markazda va joylarda davlat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi muhokamasiga axborot kiritib boradi.

Senatorlar majburiy mehnat muammosini e’tirof qilib¸ uning oldini olish bo‘yicha o‘z chora-tadbirlarini belgilagan ayni kunda¸ O‘zbekiston viloyatlarida davlat tashkilotlari¸ xususan¸ ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini majburan paxta terimiga haydash davom etmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab paxta mavsumida bu yil yanada kuchaygan majburiy mehnat manzarasini Ozodlik o‘z PaxtaGram loyihasida muntazam suratda kuzatib bormoqda.

Ozodlikka 5 oktabr kuni oddiy o‘zbekistonliklardan kelgan xabarlarga ko‘ra¸ hukumat va’dalariga qaramay¸ Qashqadaryo viloyatida makta va kollej o‘quvchilari ham paxtaga haydalgan.

Tafsilotlarni Ozodlikda kuzating.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG