тел: +420 2 2112 2397 Skype: assadrskype
Email: sadriddin61@gmail.com Facebook: Sadriddin Ashurov
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaev 16 mart kuni Termiz viloyati hokimligida MXX mulozimlari va uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jarb ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazdi.
Ўзбекистон Давлат хавфсизлик хизмати раиси Ихтиёр Абдуллаев 16 март куни Термиз вилояти ҳокимлигида МХХ мулозимлари ва унинг собиқ полковниги Нодир Тўрақуловдан жарб кўрган тадбиркорлар, корхона-ташкилотлар раҳбари ва собиқ ҳокимлар билан шахсан учрашув ўтказди.
Angren shahridagi sabzavot va poliz ekinlari zaxirasi va savdosi bilan shug‘ullanadigan «Angren - Farovon – Hamkor» firmasining rahbari Habiba Abdullaeva o‘ldirib ketildi.
Ангрен шаҳридаги сабзавот ва полиз экинлари захираси ва савдоси билан шуғулланадиган «Ангрен - Фаровон – Ҳамкор» фирмасининг раҳбари Ҳабиба Абдуллаева ўлдириб кетилди.
Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenikeeva majburiy mehnat qurboni bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan o‘qituvchilarga ko‘ra, ular prezident kelishiga ko‘chalarni supirib-tozalashga majburan chiqarilgan. Katta magistral yo‘l chetini tozalayotgan o‘qituvchini yuk mashinasi urib yuborgan. Rasmiylar bu voqeani izohlashdan o‘zlarini olib qochmoqda.
Самарқанд вилоят, Каттақўрғон туманидаги мактаб ўқитувчиси, 23 ёшли Диана Еникеева мажбурий меҳнат қурбони бўлди. Бу ҳақда Озодликка хабар қилган ўқитувчиларга кўра, улар президент келишига кўчаларни супириб-тозалашга мажбуран чиқарилган. Катта магистрал йўл четини тозалаётган ўқитувчини юк машинаси уриб юборган. Расмийлар бу воқеани изоҳлашдан ўзларини олиб қочмоқда.
Gruziyaning Batumi shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan namanganlik mehnat muhojiri Muhammadning iddao qilishicha, Gruziyadagi fohishalarning aksariyatini o‘zbekistonlik xotin-qizlar tashkil etadi.
Грузиянинг Батуми шаҳридан OzodMikrofonга қўнғироқ қилган наманганлик меҳнат муҳожири Муҳаммаднинг иддао қилишича, Грузиядаги фоҳишаларнинг аксариятини ўзбекистонлик хотин-қизлар ташкил этади.
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani prokurori o‘rinbosari, Sherali Ahmedov 1 mart kuni O‘zbekiston Harbiy prokuraturasining Termizda bo‘lib turgan maxsus guruhi tomonidan hibsga olindi. Bu xabarni tasdiqlagan viloyat prokuraturasi mulozimiga ko‘ra, Sherali Ahmedov Surxondaryo viloyati MXX tergov boshqarmasi sobiq boshlig‘i Nodir To‘raqulov tuzgan jinoiy guruhga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Сурхондарё вилоятининг Қизириқ тумани прокурори ўринбосари, Шерали Аҳмедов 1 март куни Ўзбекистон Ҳарбий прокуратурасининг Термизда бўлиб турган махсус гуруҳи томонидан ҳибсга олинди. Бу хабарни тасдиқлаган вилоят прокуратураси мулозимига кўра, Шерали Аҳмедов Сурхондарё вилояти МХХ тергов бошқармаси собиқ бошлиғи Нодир Тўрақулов тузган жиноий гуруҳга алоқадорликда гумонланмоқда.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashaydigan 64 yashar tadbirkor Subon Vahobovning aytishicha, 2011 yilda viloyat MXX tergov boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan Nodir To‘raqulovning og‘zaki buyrug‘i bilan, do‘konidagi 250 million so‘mlik mol va muzlatgichlar zo‘rlik bilan tortib olingan.
Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида яшайдиган 64 яшар тадбиркор Субон Ваҳобовнинг айтишича, 2011 йилда вилоят МХХ тергов бошқармаси раҳбари лавозимида ишлаган Нодир Тўрақуловнинг оғзаки буйруғи билан, дўконидаги 250 миллион сўмлик мол ва музлатгичлар зўрлик билан тортиб олинган.
Qator og‘ir jinoyatlarda gumonlanib hibsga olingan MXX Tergov boshqarmasi sobiq tergovchisi¸ polkovnik Nodir To‘raqulovning otasi Dilmurod To‘raqulovga qarashli “Poytug‘ gaz to‘ldirish korxonasi” (GNEZ)da tekshirish boshlandi.
Қатор оғир жиноятларда гумонланиб ҳибсга олинган МХХ Тергов бошқармаси собиқ терговчиси¸ полковник Нодир Тўрақуловнинг отаси Дилмурод Тўрақуловга қарашли “Пойтуғ газ тўлдириш корхонаси” (ГНЕЗ)да текшириш бошланди.
Namangan viloyatining Uychi tumanidagi Soku qishlog‘iga yigirmata eshakni keltirib, so‘yishni boshlagan bir guruh shaxs qo‘lga olindi. Soku qishlog‘ida yashovchi tadbirkorga qarashli molxonada bo‘lgan bu voqea guvohlarining aytishicha, eshaklarning tunda hangrayotganidan bezovta bo‘lgan aholi militsiyaga xabar bergan.
Наманган вилоятининг Уйчи туманидаги Соку қишлоғига йигирмата эшакни келтириб, сўйишни бошлаган бир гуруҳ шахс қўлга олинди. Соку қишлоғида яшовчи тадбиркорга қарашли молхонада бўлган бу воқеа гувоҳларининг айтишича, эшакларнинг тунда ҳанграётганидан безовта бўлган аҳоли милицияга хабар берган.
O‘zbekiston MXX Tergov boshqarmasi sobiq tergovchisi¸ adliya podpolkovnigi Nodirbek To‘raqulovning qudasi, Surxondaryoda nom chiqargan boylardan biri Erkin Norqobilov va uning yaqinlariga tegishli bo‘lgan o‘nlab korxona tekshirilmoqda¸ uning mol-mulki xatlanmoqda.
Ўзбекистон МХХ Тергов бошқармаси собиқ терговчиси¸ адлия подполковниги Нодирбек Тўрақуловнинг қудаси, Сурхондарёда ном чиқарган бойлардан бири Эркин Норқобилов ва унинг яқинларига тегишли бўлган ўнлаб корхона текширилмоқда¸ унинг мол-мулки хатланмоқда.
Namangan viloyati Pop tumani fermerlari bug‘doy va paxta tayyorlash kontraktatsiya shartnomasining bo‘sh blankasiga imzo va muhr bosishga majburlandi. Bu haqda Ozodlikka 21 fevral kuni tuman madaniyat saroyiga chaqirtirilib imzo qo‘yishga majburlangan fermerlar aytdi. Tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mulozimi Qahramon Qurbonov fermerlar iddaolarini inkor qilmoqda.
Давомини ўқинг